
"Ertangi raqib haqida gapiradigan bo'lsam, juda kuchli raqibga qarshi o'ynaymiz. "Nasaf"ning avvalgi o'yindagi o'yinini ko'rdik va aytishim kerakki, o'sha o'yinda Nasaf yutqazmasligi kerak edi, Nasaf yutishi kerak bo'lgan o'yinda mag'lubiyatga uchragandi. Lekin shunday bo'lsa-da, bu jamoaning kuchini, salohiyatini bilamiz. Maydonda himoyada ham, hujumda ham birdek o'ynay oladigan yaxshi jamoa. Ertaga bizga maydonda juda qiyin bo'ladi, buni bilamiz, ertaga biz bu erga o'zimizning o'yinimizni ko'rsatib, bu yerdan ochko olib ketish uchun kelganmiz", - deya gap boshladi Firas Al Xatib.
"Ertangi o'yinni intiqlik bilan kutyapmiz. Kuchli jamoaga qarshi o'ynaymiz. Avvalo, bu erga kelganimiz uchun, bu yerda bizni kutib olishgan, bu yerdagi barcha shunaqa sharoit yaratib bergan mezbonlarga rahmat aytmoqchimiz. Demoqchimanki, bu o'yinga keladigan bo'lsak, ertaga albatta kuchli raqibga qarshi o'ynaymiz, juda sifatli o'yin ko'rsatadigan jamoa. Lekin shunday bo'lsa-da, inshoolloh, biz bu erga raqib ozoridan uch ochkoni o'zimizniki qilish uchun kelganmiz", - deya fikr bildirdi jamoa sardori Fahad Hammud.
- Iqlimga moslashish qanday bo'ldi? Quvayt bilan O'zbekistonning ob-havosida o'zlaringizga qanday qulaylik sezyapsizlar...
- Ob-havoga moslashish unchalik qiyin bo'lmadi. Aytishim kerakki, hozir, aynan hozirgi vaqtda bizning davlatlardagi ob-havo o'rtasida juda katta farq yo'q. Ertaga ko'rib turganingizdek maydonda ob-havo futbol o'ynash uchun eng qulay, eng yaxshi ob-havo desa ham bo'ladi. Ikkala jamoaga ham manimcha ertaga ob-havo nima deydi, noqulaylik tug'dirmaydi. Biz uchun hech qanaqa noqulaylik tug'dirmaydi.
- Guruhdagi imkoniyat qanday jamoaning?
- Boya futbolchimiz aytganidek, bu o'yin keyingi bosqichga chiqish uchun eng muhim o'yinlardan biri. Fikrimcha, ertangi uchrashuvdagi g'alaba o'sha keyingi bosqichga chiqish uchun juda katta qadam bo'ladi. Va parallel o'yinda Al-Xoldiya va Al-Vahda o'ynaydi, agar Al-Vahda yutadigan bo'lsa, manimcha ularda ham imkoniyat oshadi.

- Al-Quvayt, yani sizning jamoangiz mamlakat chempionatida, Quvayt chempionatida oxirgi ikki o'yinida 6 ta, 7 ta gol uryapti. Bu ertangi o'yinga ham shunday goleadorlik, ko'p hujumkor o'yin ko'rsatishga shama qiladimi yoki mehmonlikni his qilib, orqaga ham chekinib o'ynaysizlarmi, o'yin uslublaringiz qanday bo'ladi?
- Tabiiyki, jamoamizda yaxshi hujumkor, hujumda yaxshi o'ynaydigan futbolchilarimiz bor, yaxshi hujumchilarimiz bor. Al-Xoldiyaga qarshi o'yinda ham 3 ta gol urgandik, lekin undan ham ko'proq urishimiz mumkin edi, undan ham ko'proq imkoniyatimiz bo'lgan edi. Shaxsan men shunaqa futbol tarafdoriman, hujumkor o'yin tarafdoriman. Ertaga balki, ertaga ham ko'proq gol ko'rishimiz mumkin. Lekin Nasafga qarshi o'yin baribir farqli bo'ladi, boshqacha o'yin bo'ladi. Agar biz faqat hujumga o'tib ketadigan bo'lsak, bu bizga katta muammo tug'dirishi mumkin. Ertaga hujumkor futbol ko'rsatishimizga ishonaman, menimcha ertaga muxlislarga yoqadigan yaxshi hujumkor o'yin bo'ladi.
- Asosiy hujumchilaringiz mamlakat chempionatida ham to'purar bo'lgan, o'zi jamoani OCHLda ham to'purarlik qilayotgan Yussuf Nasyerdan keyingi qaysi hujumchingizga ishonasiz yoki qaysi bir futbolchingizga aynan goleadorlikka, gol urishga ko'proq umidvorsiz, ishonchingiz komil aynan ertangi o'yinda.
- Yusuf jamoa bilan birga emas. Jarohat olgan, avvalgi o'yinlardan birida jarohat olgan edi. Afsuski, ertaga bizga yordam berolmaydi. Lekin shunga qaramasdan jamoamizda boshqa ko'p gol urish salohiyatiga ega bo'lgan futbolchilarimiz bor va ularga ishonamiz.

![]() | 26.10.2026 00:16 Ўқилди 87100 Klubdagi manbalarga ko'ra, MYU Kerrikni iste'foga chiqaradi. Rahbariyat bosh murabbiylikka nomzodlar izlamoqda |
![]() | 26.10.2026 01:32 Ўқилди 41062 A Seriya. "Inter"dan dramatik kambek, "Atalanta"dan 8 golli durang! |
![]() | 21.10.2026 00:08 Ўқилди 39441 LIVE. YCHL. PSJ - “Barselona” 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 20.10.2026 23:48 Ўқилди 23837 CHL. "Fenerbaxche" so'nggi daqiqalarda g'alabani qo'ldan chiqardi |
![]() | 22.10.2026 00:08 Ўқилди 20020 MYU ketma-ket 7 ta o'yindan beri g'alaba qozona olmayapti - 4 ta mag'lubiyat, 3 ta durang |
![]() | 21.10.2026 00:48 Ўқилди 15164 Islombek Ismoilov: "Jamoamiz ishtirok etadigan barcha turnirlarda g'alaba qozonish maqsadi bor edi"" |
![]() | 20.10.2026 02:08 Ўқилди 14138 APL. Kulusevski 526 kundan so'ng maydonga qaytgan bahsda "Tottenxem" mavsumdagi birinchi g'alabasini tantana qildi |
![]() | 22.10.2026 00:40 Ўқилди 11782 Brunu Fernandesh "Komo"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng MYU murabbiylar shtabini tanqid qildi |
![]() | 21.10.2026 01:24 Ўқилди 10955 Saudiya Arabistoni. Ronaldu penaltin golga aylantira olmadi, "Al Nassr" kichik hisobda g'alabaga erishdi |
![]() | 25.10.2026 02:08 Ўқилди 10263 La Liga. Xulian Alvaresning goli "Atletiko"ga 3 ochko taqdim etdi |
Реклама
Сайт хақида