"Liverpul" MYUning transfer maqsadini ilib ketishi mumkin
28.10.2026 10:16 Ўқилди: 1076
Bu haqda Football Insider xabar bermoqda.
Manba ma'lumotiga ko'ra, "Liverpul" angliyalik futbolchini kuzatib bormoqda. Mersisaydliklar 24 yoshli himoyachining o'yiniga qoyil qolishmoqda va keyingi yili uni sotib olishga harakat qilishlari mumkin. "Everton" o'yinchini 80 million funtga (96 million evro) baholamoqda.
Joriy mavsumda Brentueyt barcha turnirlarda ettita o'yinda maydonga tushdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida taqdim etilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 45 million evroni tashkil etadi.