
Futbol xaritasida ham bu o'lka shunchaki oddiy hudud emas, balki asil iqtidorlar koni bo'lib kelgan. Tizim ishlasa, yorqin yulduzlar kamol topadigan bu zamin o'zbek futboliga Rustam, Abdusama, Ravshan Do'rmonovlar, Otabek va Ilhom Shomurodovlar kabi nomlarni tuhfa etgan.
Yodga olaylik: 80-yillarning oxiri va 90-yillar boshida afsonaviy murabbiy Yuriy Sarkisyan engilmas "Neftchi"ning selekciyasini Termizda olib borar edi. 1994 yilgi Xirosima Osiyo o'yinlaridagi tarixiy g'alabamiz zamirida ham bevosita aka-uka Do'rmonovlarning matonati va beqiyos xizmati yotibdi. Bugun esa ushbu shonli anananing eng yorqin davomchisi, milliy terma jamoamiz va Yevropa maydonlaridagi faxrimiz - Eldor Shomurodovdir.

Ammo bugungi achchiq haqiqat yurakni ezadi: Surxondaryo futboli faqat o'tmishdagi shon-sharaflari va ortda qolgan tarixi bilan maqtanishga mahkum etilmoqda.
Oradan yana 30-40 yil o'tgach, yangi avlod yuqoridagi afsonalarni faqat sargarg'aygan suratlardan qidiradi. Xo'sh, ular kelajakda qaysi g'alabalar, qaysi tarixiy natijalar bilan faxrlanadi? Afsuski, bugungi manzaraga qarab "Hech qaysi!" deyishga majburmiz.
"Surxon" - o'z uyi yo'q sargardon o'gay farzand
Viloyatning bosh jamoasi bo'lmish "Surxon" - shu shuhratli o'lkaning sportdagi bosh qiyofasi, uning g'ururi va yuzi bo'lishi kerak edi. Ammo bugun bu klubga o'z uyida o'gay o'g'ildek munosabatda bo'linmoqda.
Futbolchilar 5 oydan buyon ish haqi nimaligini bilmay maydonga tushmoqda. Eng alamlisi, jamoa o'z muxlislari ro'parasida, o'z maydonida o'ynash baxtidan mahrum. Shunday og'ir manaviy va moliyaviy bosim, vadabozlik va e'tiborsizlik ichida ham Anvar G'ofurov shogirdlari iroda ko'rsatib, haqiqiy "matonat jamoasi"ni shakllantira oldi. Ammo sabrning ham chegarasi bor-ku?

"Surxon arena" stadionining achchiq taqdiri
"Surxon"ning o'z uyida o'ynay olmayotgani shunchaki tasodif emas, balki sustkashlik va mas'uliyatsizlikning yaqqol oqibatidir. Termizdagi markaziy stadionda rekonstrukciya va maydon chimini yangilash uchun uzoq va ko'p harakat qildi. Endi og'zi oshga etganida esa...
Ammo oradan ko'p ham o'tmay, yangi yotqizilgan chim allaqachon "jonini topshirib", finish chizig'iga yetib keldi. Sifatsiz bajarilgan ish va beparvolik oqibatida millionlab, milliardlab mablag'lar shunchaki havoga sovurilgani qoldi. Bugun stadionda maydonni tiklash bo'yicha hech qanday amaliy harakat yo'qdek taassurot qoldirmoqda. Hamma narsa yana topilmaydigan pulga va beparvolikka borib taqaladi. Boshqa klublar eshigini taqillatib, begona maydonlarda "mehmon" bo'lib yurish Termizdek katta shahar va uning muxlislari uchun isnod emasmi? Bu mablag'lar va sifatsiz chim uchun kimdir javob beradimi yoki yana "javobgar yo'q" sxemasi ishlaydimi?
Futbol ortiqcha tashvishmi?
Bugungi o'zbek futbolining achchiq haqiqati shundaki, istaymizmi yoki yo'q viloyat jamoasining yashab qolishi, gullab-yashnashi bevosita mahalliy hokimlik va hudud rahbarlarining e'tiboriga bog'liq. To'g'ri, hokimlikda futboldan boshqa tashvish serob. Aholining turmush tarzi, ijtimoiy muammolar, iqtisodiy echimlar va hokazo.
Farg'onada “Neftchi”, Namanganda "Navbahor", Qarshida "Nasaf" yoki Olmaliqda OKMK viloyat va soha rahbarlarining doimiy e'tibori va g'amxo'rligi tufayli o'z mavqeini saqlab turibdi. "Surxon"ga bo'lgan loqaydlik, viloyatning sportdagi yuziga bo'lgan bunday bepisandlik butun voha muxlislarining dilini xira qilmoqda. Ahir, yaqindagina shu klubdan “Lugano”ga Behruz Karimov transfer bo'lgan edi. Uning ortidan baribir oz yoki ko'p odam “Surxon” qanday jamoa ekan, degan qiziqish bilan qaraydi.
O'zbek futboli bu yil terma jamoalarimizning Jahon chempionatlaridagi ishtiroki va muvaffaqiyatlari bilan faxrlanib yurgan bir paytda, ichki chempionatda hududiy klublarning taqdiriga bunchalik sovuqqon qaralayotgani achinarli. Bu ko'plab jamoalarda kuzatilmoqda. Ulug' shoirimiz Erkin Vohidovning ushbu satrlari xuddi bugungi futbolimiz va loqayd mutasaddilarning qiyofasiga qolipdek tushadi:
Avvalgidek yil boshida
Yil rejasin bichamiz,
“Bajaramiz” qasamini
Yaxna choydek ichamiz.
So'ng o'n bir oy sustkash umr
Daryosida kechamiz,
Yil so'ngida: “hayda-hayda”,
Oy so'ngida: “bos-ha, bos!”
Qoidamiz o'sha-o'sha:
Eski hammom, eski tos.
Quyidagi fojia: Mavsum yarmida so'ngan "TerDU"
Agar "Surxon"ning ahvoli viloyat futbolining og'riqli nuqtasi bo'lsa, bu yil Proligada debyut qilgan "TerDU" jamoasining taqdiri haqiqiy tragediyaga aylandi. Universitet jamoasi umuman qarovsiz qolib ketdi.
Yil boshida katta orzular, ezgu tilaklar bilan musobaqaga kuzatilgan jamoa hali yo'lning yarmiga etmay jarlikka quladi. O'yinlarning qoldirilishi, safar uchrashuvlariga borish uchun hatto yo'lkira topilmagani va oqibatda mavsumni oxiriga etkaza olmay, Proligani alam bilan tark etishi - bu shunchaki bir klubning muvaffaqiyatsizligi emas. Bu - butun bir viloyat futbol tizimining qanday ishlayotganining amaliy isbotidir!

Xulosa o'rnida
Surxondaryodek boy tarixga va bitmas-tuganmas iqtidorlar bulog'iga ega bo'lgan vohada futbolning "o'lib borishi" - shunchaki sport muammosi emas, bu katta manaviy va ijtimoiy yo'qotishdir.
Ming-minglab yoshlarning, Eldor Shomurodov kabi yulduz bo'lishni orzu qilgan minglab bolakaylarning umid chirog'ini o'chirishga hech kimning haqqi yo'q.
Surxon futboliga bugun nafaqat pul, balki eng avvalo jonkuyarlik va rahbarlik e'tibori kerak!
![]() | 26.10.2026 00:16 Ўқилди 86992 Klubdagi manbalarga ko'ra, MYU Kerrikni iste'foga chiqaradi. Rahbariyat bosh murabbiylikka nomzodlar izlamoqda |
![]() | 26.10.2026 01:32 Ўқилди 40957 A Seriya. "Inter"dan dramatik kambek, "Atalanta"dan 8 golli durang! |
![]() | 21.10.2026 00:08 Ўқилди 39414 LIVE. YCHL. PSJ - “Barselona” 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 20.10.2026 23:48 Ўқилди 23798 CHL. "Fenerbaxche" so'nggi daqiqalarda g'alabani qo'ldan chiqardi |
![]() | 22.10.2026 00:08 Ўқилди 20008 MYU ketma-ket 7 ta o'yindan beri g'alaba qozona olmayapti - 4 ta mag'lubiyat, 3 ta durang |
![]() | 21.10.2026 00:48 Ўқилди 15152 Islombek Ismoilov: "Jamoamiz ishtirok etadigan barcha turnirlarda g'alaba qozonish maqsadi bor edi"" |
![]() | 20.10.2026 02:08 Ўқилди 14135 APL. Kulusevski 526 kundan so'ng maydonga qaytgan bahsda "Tottenxem" mavsumdagi birinchi g'alabasini tantana qildi |
![]() | 22.10.2026 00:40 Ўқилди 11770 Brunu Fernandesh "Komo"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng MYU murabbiylar shtabini tanqid qildi |
![]() | 21.10.2026 01:24 Ўқилди 10940 Saudiya Arabistoni. Ronaldu penaltin golga aylantira olmadi, "Al Nassr" kichik hisobda g'alabaga erishdi |
![]() | 25.10.2026 02:08 Ўқилди 10224 La Liga. Xulian Alvaresning goli "Atletiko"ga 3 ochko taqdim etdi |
Реклама
Сайт хақида