"Manchester Yunayted"ni boshqarishga ikki nafar asosiy nomzod bor
26.10.2026 09:56 Ўқилди: 935
Bu haqda Sky Sports News xabar beradi.
Manba ma'lumotiga ko'ra, Angliya klubi rahbariyati APL 8-turi doirasida o'z maydonida "Bornmut"dan uchratilgan mag'lubiyatdan (0:3) oldin ham Karrikni almashtirish variantlarini ko'rib chiqayotgan edi. Endi esa ular yangi murabbiy qidirishni tezlashtirmoqchi. Yaqin orada Karrik o'z vazifasidan ozod etilishi kutilmoqda.
Qayd etilishicha, Nagelsmann va Xau yaqin orada ishga kirishishlari mumkin va ularning tayinlanishi boshqa klublarga tovon puli to'lashni talab qilmaydi. O'tgan yozda "Nyukasl"ni tark etgan Xau, agar shunday taklif tushsa, "Manchester Yunayted" bilan muzokaralar olib borishga qiziqish bildirmoqda. Boshqa nomzodlar orasida Unai Emeri va Antonio Konte nomlari tilga olinmoqda, ammo hozirda ular favorit hisoblanishmaydi.