Rasman. O'rozov jamoasida bosh murabbiy iste'foga chiqarildi
25.10.2026 09:32 Ўқилди: 2526
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mutaxassis jamoada 2026 yilning yanvar oyidan beri ishlab kelayotgan edi. Uning rahbarligi ostida qozonliklar to'qqizta g'alabani qo'lga kiritishdi, 11 marta durang o'ynashdi va sakkiz bor mag'lubiyatga uchrashdi.
Bosh murabbiy vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib avval murabbiylar shtabida ishlagan Oleg Kuzmin tayinlandi.
Kecha "Rubin" RPL 11-turida o'z maydonida "Krylya Sovetov"ga imkoniyatni boy berdi (0:2). Hozirda qozonliklar mamlakat chempionatida 12 ochko bilan 11-o'rinni egallab turibdi.