
Jahon amputantlar futboli federatsiyasi tomonidan tashkil etiladigan musobaqada to'rt qitadan saralash bosqichlari orqali yo'llanma olgan 24 ta milliy terma jamoa ishtirok etadi. Qur'a natijalariga ko'ra, jamoalar to'rttadan oltita guruhga taqsimlandi.

Besh karra jahon chempioni hisoblangan O'zbekiston terma jamoasi "E" guruhidan joy oldi. Hamyurtlarimiz 14 noyabr kuni AQSHga qarshi ilk uchrashuvini o'tkazadi. 15 noyabrda Urugvay, 16 noyabrda esa Marokash terma jamoasi bilan kuch sinashadi. Uchrashuvlar sanalari Meksika mahalliy vaqti bo'yicha keltirilgan.
Musobaqa reglamentiga ko'ra, har bir guruhda dastlabki ikki o'rinni egallagan jamoalar, shuningdek, uchinchi o'rin sohiblari orasidan eng yaxshi natija qayd etgan to'rtta terma jamoa nimchorak finalga yo'l oladi.
Ma'lumot uchun, O'zbekiston amputantlar terma jamoasi jahon futbolida boy tarix va katta tajribaga ega. Hamyurtlarimiz 1990, 1991, 2007, 2010 va 2012 yillarda jahon chempionligiga erishgan. Xususan, 2007 yil Turkiyada, 2010 yil Argentinada va 2012 yil Rossiyada o'tkazilgan dunyo birinchiliklarida ketma-ket uch marta bosh sovrin qo'lga kiritilgan.
2022 yili Turkiyaning Istanbul shahrida bo'lib o'tgan so'nggi jahon chempionatida esa O'zbekiston terma jamoasi bronza medaliga sazovor bo'lgan. O'sha musobaqada mezbon Turkiya chempionlikni qo'lga kiritgan, Angola terma jamoasi ikkinchi o'rinni egallagan.
O'zbekiston terma jamoasi 2025 yilda qita miqyosida ham e'tiborli natijalar qayd etdi. Fevral oyida Bangladesh poytaxti Dakkada o'tkazilgan Osiyo chempionati finalida Indoneziyani 6:0 hisobida mag'lub etib, chempionlik unvonini qo'lga kiritdi. Noyabr oyida Indoneziyaning Jakarta shahrida tashkil etilgan, jahon chempionatiga saralash vazifasini ham bajargan Osiyo kubogida esa finalga qadar yetib bordi. Hal qiluvchi bahsda Eronga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan jamoamiz kumush medal bilan birga jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Takidlash joiz, amputantlar o'rtasidagi jahon chempionati sakkiz yillik tanaffusdan so'ng yana Meksikada tashkil etiladi. Ushbu mamlakat 2018 yilgi musobaqaga ham mezbonlik qilgan bo'lib, o'shanda Angola terma jamoasi chempionlikni qo'lga kiritgan edi. 2026 yilgi jahon chempionatiga esa Turkiya amaldagi chempion sifatida tashrif buyuradi.
![]() | 21.10.2026 00:08 Ўқилди 39177 LIVE. YCHL. PSJ - “Barselona” 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 15.10.2026 00:08 Ўқилди 35064 "Roma" - "Real" LIVE |
![]() | 20.10.2026 23:48 Ўқилди 23651 CHL. "Fenerbaxche" so'nggi daqiqalarda g'alabani qo'ldan chiqardi |
![]() | 22.10.2026 00:08 Ўқилди 19861 MYU ketma-ket 7 ta o'yindan beri g'alaba qozona olmayapti - 4 ta mag'lubiyat, 3 ta durang |
![]() | 21.10.2026 00:48 Ўқилди 15050 Islombek Ismoilov: "Jamoamiz ishtirok etadigan barcha turnirlarda g'alaba qozonish maqsadi bor edi"" |
![]() | 20.10.2026 02:08 Ўқилди 14054 APL. Kulusevski 526 kundan so'ng maydonga qaytgan bahsda "Tottenxem" mavsumdagi birinchi g'alabasini tantana qildi |
![]() | 22.10.2026 00:40 Ўқилди 11674 Brunu Fernandesh "Komo"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng MYU murabbiylar shtabini tanqid qildi |
![]() | 21.10.2026 01:24 Ўқилди 10850 Saudiya Arabistoni. Ronaldu penaltin golga aylantira olmadi, "Al Nassr" kichik hisobda g'alabaga erishdi |
![]() | 14.10.2026 00:32 Ўқилди 10496 Mustaqil futbol regulyatori: aksariyat ingliz klublari moliyaviy inqiroz yoqasida turibdi |
![]() | 14.10.2026 00:08 Ўқилди 8879 YCHL. "Atletiko" – "Man Yunayted" va boshqa uchrashuvlari start oldi (onlayn hisob) |
Реклама
Сайт хақида