
Boisi, mavsum startiga yarim yildan ko'proq vaqt qolganida PFL mavsum taqvimini o'zi uchun aniq qilib oladi va rejalarini shunga ko'ra moslashtiradi. Biroq O'FA odatda taqvimni o'zgartirish masalasini rasmiy uchrashuvlarga juda kam vaqt qolganda talab qiladi.
Xususan, 2025 yilda ham shunday holat kuzatilgan bo'lib, O'FA CAFA bilan FIFA kunlaridan chiqish bo'yicha kelishuvga erishgan. Buning oqibatida Superliga taqvimi bir mavsumda ikki bor o'zgargan. Birinchisida Temur Kapadze BAA bilan uchrashuvga tayyorgarlik uchun ko'proq vaqt so'ragan va Dubayga ertaroq yetib borish uchun Superliganing 1 ta turi qoldirilgan. Keyinchalik CAFA musobaqasi FIFA kunlaridan chiqib ketgan va oqibatda Superliga taqvimini yana bir marta ishdan chiqqan.
Shuningdek, 2026 yilda Fabio Kannavaro jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rish uchun qo'shimcha bir oy talab qilgan va buning oqibatida may ochida chempionat to'xtatilgan. Mundialda ishtirok etgan 48 mamlakat tahlil qilib chiqilsa, ular orasidan faqatgina 2 tasida chempionat to'xtab qolgan: Eronda urush tufayli, O'zbekistonda milliy jamoa sababli. Shunga qaramay, chempionatida tanaffus yuzaga kelmagan mamlakatlar jahon chempionatida nisbatan yaxshiroq ishtirok etgani ko'rinadi.
PFL fikriga ko'ra, CAFA musobaqasi doirasida ketma ket to'rtta uchrashuv o'tkazishdan asosan FIFA reytingida pastroq o'rinlarda borayotgan mamlakatlar manfaatdor hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, PFL CAFA musobaqasida klublar o'rtasidagi jahon chempionatining eski formatidan foydalanishni taklif qilmoqda. Yani, FIFA reytingidan kelib chiqib, Eron va O'zbekiston raqiblarini yarim finalda qarshi olishi lozim, qolgan mamlakatlar esa reytingdagi o'rnidan kelib chiqib, musobaqani chorak finaldan boshlashi mumkin. Mazkur holatda O'zbekiston va Eron terma jamoalari belgilangani bo'yicha ikkita rasmiy uchrashuvda ishtirok etadi va o'zlari uchun belgilangan FIFA kunlari taqsimotidan to'g'ri foydalanadi.
CAFA musobaqasi kuz oyidagi katta FIFA kunlarida tashkil etilsa, hech qanday muammo yo'q. Unda terma jamoalar bemalol to'rttadan rasmiy uchrashuvda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'ladi. Har qanday holatda ham PFL ichki chempionat hurmat qilinishi, klublar va murabbiylarning rejalari FIFA nizomlarida himoyalab qo'yilgani bo'yicha himoyalanishi kerak deb hisoblamoqda.
![]() | 21.10.2026 00:08 Ўқилди 39177 LIVE. YCHL. PSJ - “Barselona” 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 15.10.2026 00:08 Ўқилди 35061 "Roma" - "Real" LIVE |
![]() | 20.10.2026 23:48 Ўқилди 23636 CHL. "Fenerbaxche" so'nggi daqiqalarda g'alabani qo'ldan chiqardi |
![]() | 22.10.2026 00:08 Ўқилди 19855 MYU ketma-ket 7 ta o'yindan beri g'alaba qozona olmayapti - 4 ta mag'lubiyat, 3 ta durang |
![]() | 21.10.2026 00:48 Ўқилди 15050 Islombek Ismoilov: "Jamoamiz ishtirok etadigan barcha turnirlarda g'alaba qozonish maqsadi bor edi"" |
![]() | 20.10.2026 02:08 Ўқилди 14051 APL. Kulusevski 526 kundan so'ng maydonga qaytgan bahsda "Tottenxem" mavsumdagi birinchi g'alabasini tantana qildi |
![]() | 22.10.2026 00:40 Ўқилди 11674 Brunu Fernandesh "Komo"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng MYU murabbiylar shtabini tanqid qildi |
![]() | 21.10.2026 01:24 Ўқилди 10850 Saudiya Arabistoni. Ronaldu penaltin golga aylantira olmadi, "Al Nassr" kichik hisobda g'alabaga erishdi |
![]() | 14.10.2026 00:32 Ўқилди 10496 Mustaqil futbol regulyatori: aksariyat ingliz klublari moliyaviy inqiroz yoqasida turibdi |
![]() | 14.10.2026 00:08 Ўқилди 8879 YCHL. "Atletiko" – "Man Yunayted" va boshqa uchrashuvlari start oldi (onlayn hisob) |
Реклама
Сайт хақида