PSJ og'ir jarohat olganiga qaramay, Kvaratsxeliya bilan shartnomani 2032 yilgacha uzaytirmoqchi
22.10.2026 09:56 Ўқилди: 1079
Bu haqda RMC Sport jurnalisti Fabris Xoukins xabar bermoqda.
Parijliklar kelishuvni 2032 yilgacha tuzishni xohlashmoqda. Tomonlar allaqachon muzokaralar olib bormoqda.
25 yoshli gruziyalik vingerni jamoaning eng ko'p maosh oluvchi o'yinchilaridan biriga aylantirish rejalashtirilgan. Biroq rahbariyat belgilangan moliyaviy doirada qolishni istamoqda.
Avvalroq PSJ Kvaratsxeliya UEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 3-turidan o'rin olgan "Barselona"ga qarshi o'yinda (4:2) old xochsimon bog'lami yirtilganini xabar qilgan edi.