
"Bavariya" - "Arsenal" 2:2
Gollar: 25 - Eberechi Eze, 35 - Alfonso Devis, 61 - Xarri Keyn, 82 - Deklan Rays
“Bavariya”: 1. Manuel Noyer, 27. Konrad Laymer, 2. Deotshankyul Upamekano, 19. Alfonso Devis (11. Nataniel Braun, 85’), 3. Kim Min Je (4. Jonatan Ta, 46’), 44. Yosip Stanishich, 34. Ismael Saybari (14. Luis Dias, 68’ (39. Bara Ndiaye, 90’)), 45. Aleksandar Pavlovich, 8. Tom Bishof, 9. Xarri Keyn, 7. Serj Gnabri (42. Lennart Karl, 68’).
Zaxira: 26. Sven Ulrayx, 40. Yonas Urbig, 23. Sasha Boe, 21. Xiroki Ito, 46. Tim Binder.
“Arsenal”: 1. David Rayya, 12. Yurrien Timber, 15. Ezri Konsa, 6. Gabriel Magalyayns, 33. Rikkardo Kalafori, 41. Deklan Rays, 7. Bukayo Saka (10. Eberechi Eze, 10’), 8. Martin Edegor (23. Mikel Merino, 85’), 39. Bruno Gimaraynsh (49. Maylz Lyuis-Skelli, 69’), 20. Chukvunonso Madueke, 29. Kay Haverc (14. Viktor Yokeresh, 68’).
Zaxira: 13. Kepa Arrisabalaga, 30. Illan Mele, 3. Kristyan Moskera, 4. Ben Uayt, 36. Martin Subimendi, 56. Maks Doumen.
Ogohlantirishlar: 13 - Kay Haverc, 39 - Ezri Konsa
90+3. O'yin yakunlandi.
90+1. Timberning kuchli zarbasidan so'ng to'pni Noyer qaytardi!
90. O'yinning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.
90. Ha, Dias maydonni tark etdi, o'rniga Ndiaye tushdi.

90. Luis Dias jarohat oldi shekilli, maydonga o'tirib oldi.
89. Temp anchagina sokinlashdi, go'yo ikki jamoa ham rozidek durangga.
83. Hisob tenglashdi, endi chamasi 10 daqiqalar atrofida o'yin “yonishi” aniq!

82. GOL! Rays hisobni tenglashtirdi! Deklan jarima maydonchasiga yorib kirdi va kuchli zarba berib, gol urdi!
77. "Arsenal” hujumlarga intilmoqda, ammo gol o'tkazib yuborgach biroz xohish pasaygandek tuyulmoqda.
69. Har ikki jamoa safida ham ikkitadan o'zgarish amalga oshirildi.
67. Laymer qulay vaziyatdan zarba berdi, ammo noaniq ketdi.
67. Yana “Bavariya” jarima maydonchasi ichida palapartishliklar yuzaga keldi, bundan ham “Arsenal” foydalana olmayapti.
65. To'p nazorati to'liq myunxenliklarda, “to'pchilar” esa hech nima qilolmayapti, hozircha.
62. “Bavariya” shiddatni oshiryapti, ishtahasi ochilib ketdi jamoaning.

61. GOL! Keyn hisobni oshirdi! Xarri penaltini aniq amalga oshirdi!
60. Holat VAR orqali ko'rib chiqilmoqda. Hamma joyida ekan!
59. Penalti, “Arsenal” darvozasi tomon! Keynning zarbasidan so'ng to'p Konsaning qo'liga tegdi.
54. Eze qulay vaziyatga ega bo'ldi, biroq bunisi ham darvozaga kirmadi, Noyyerdan seyv!
49. Gnabrining uzatmasidan so'ng Upamekano bosh bilan darvoza tomon zarba berdi, Rayyadan super seyv!
48. Qanday vaziyat?! Gnabrining uzatmasidan so'ng Saybari birga-bir vaziyatga chiqdi, ammo noaniq bo'ldi zarba…
48. “Arsenal” Noyer qo'riqlayotgan darvoza oldida xavfli vaziyat yuzaga keltirdi, ammo to'p darvozaga kirmadi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
45+2. Dastlabki bo'lim yakunlandi.
45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.
45. Gnabrining zarbasidan so'ng to'p rekoshetga uchrab, maydonni tark etdi.
41. Kalafori sal qolsa bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qilishi mumkin edi…
40. Keynning darvoza tomon bergan zarbasiga himoyachilar “blok” qo'yishdi.
39. Konsa Keynga qarshi o'ta qo'pol o'ynadi, bosh hakam sariq kartochka ko'rsatdi. Qizilga ham tortadigan vaziyat edi…
36. “Bavariya” gol urib ketdi, o'yin yonadi buyog'iga!

35. GOL! Devis hisobni tenglashtirdi! Keyndan dahshat uzatma, matematika va futbol darslariga kiritadigan uzatma bo'ldi, buni esa Alfonso golga aylantirdi!
33. Saybarining uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq bo'ldi.
32. Yana “Arsenal” oldinga o'tmoqda, myunxenliklar kutilganidek faollik ko'rsatmayapti.
27. “Bavariya” gol o'tkazib yubordi, endi hujumlar shiddati oshsa kerak.

26. GOL inobatga olindi! Edegorning uzatmasidan so'ng Eberechi o'tkir burchakdan zarba berib, gol urdi!
26. Holat VARda ko'rib chiqilmoqda.
25. Eze gol urgandi, biroq ushbu vaziyada o'yindan tashqari holatda bo'lgan ekan.
21. Gnabridan xavfli zarba bo'ldi, Rayyadan seyv! Dahshat!
20. Kalafori darvozaga yaqin masofadan zarba berdi, biroq noaniq ketdi.
17. Devis raqib jarima maydonchasiga yorib kirdi, biroq yakuniy zarbani yo'llay olmadi.
15. O'tgan vaqt ichida aytarli xavfli vaziyat ko'rmadik.
10. Bo'ldi, Eberechi maydonga tushdi.

9. Eze maydonga tushishga tayyorlanmoqda. Demak Bukayo jarohat olgan va o'yinni davom ettira olmaydi. Kechagi o'yin esga tushib ketyapti.
8. Saka jarohat oldi chog'i, maydonda yotibdi.
5. Mehmonlar myunxenliklar jarima maydonchasi ichida yuzaga kelgan palapartishlikdan foydalana olmadi.
1. O'yin boshlandi.
Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni UEFA Chempionlar ligasining 3-tur uchrashuvidan o'rin olgan "Bavariya" - "Arsenal" bahsining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!
![]() | 21.10.2026 00:08 Ўқилди 39129 LIVE. YCHL. PSJ - “Barselona” 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 15.10.2026 00:08 Ўқилди 35016 "Roma" - "Real" LIVE |
![]() | 20.10.2026 23:48 Ўқилди 23591 CHL. "Fenerbaxche" so'nggi daqiqalarda g'alabani qo'ldan chiqardi |
![]() | 12.10.2026 23:24 Ўқилди 21277 Elit OCHL. Hamrobekovning "Traktori" durang o'ynadi, "Al Ahli" BAAda 3 ta gol urdi |
![]() | 22.10.2026 00:08 Ўқилди 19777 MYU ketma-ket 7 ta o'yindan beri g'alaba qozona olmayapti - 4 ta mag'lubiyat, 3 ta durang |
![]() | 21.10.2026 00:48 Ўқилди 15029 Islombek Ismoilov: "Jamoamiz ishtirok etadigan barcha turnirlarda g'alaba qozonish maqsadi bor edi"" |
![]() | 20.10.2026 02:08 Ўқилди 14018 APL. Kulusevski 526 kundan so'ng maydonga qaytgan bahsda "Tottenxem" mavsumdagi birinchi g'alabasini tantana qildi |
![]() | 13.10.2026 02:16 Ўқилди 13871 Elit OCHL. "Neftchi" mehmonda "Al Nassr"ga mag'lub bo'ldi |
![]() | 12.10.2026 19:56 Ўқилди 12330 Zayniddin Tojiev: "O'yin yangi stadionda o'tkazilgani muxlislarga ham maqul keldi" |
![]() | 22.10.2026 00:40 Ўқилди 11605 Brunu Fernandesh "Komo"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng MYU murabbiylar shtabini tanqid qildi |
Реклама
Сайт хақида