
"Avvalambor, assalomu alaykum. Bugungi o'yinga keladigan bo'lsak, bu bizning yosh jamoamiz uchun yil o'yini deb hisoblasa ham bo'ladi. Nima uchun? Chunki bizning bolalarimiz yurganimizda ko'pi U-19 da, birinchi ligada o'ynagan, lekin bunday katta joylarda, katta sahnalarda o'ynamagan. Muxlislarga bugun muxlisligi uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Chunki bunaqa atmosfera yaratish. Misol uchun, bolalarim bugun to'rt kalla kuchli bo'ldi deb hisoblayman. Chunki bunaqa muhitda o'ynash, hammaga ham emas-da bu, bor mas'uliyatni his qilib.
Birinchi bo'limga keladigan bo'lsak, endi baribir hayajon, hayajon. Tez ikkita gol o'tkazib yubordik. Lekin birinchi bo'limdan keyin bolalar bilan ancha ko'p gaplashdik. "Baribir, nima deydi, sizlarning bugun imtihonlaring. O'yindagi nimaga qodirligingni ko'rsatadigan kun. Raqib kim - yo'q bizga, tushuninglar bu o'yinni o'zlaring uchun. Faqat o'zingning mahoratingni ko'rsat", deb tavsiya berdik. Ko'z tegmasin, ikkinchi bo'limda ancha bolalar o'zini yig'ib olib, yaxshi hujumlar yaratdi.
Baribir "Navbahor" chempionlikka talashayotgan jamoa. Misol uchun, bunaqasiga solishtiradigan bo'lsak: "Olimpik" ochilgan paytda Timur Kapadze butun O'zbekistondan tarbiyalab kelgan bolalar bilan jamoani shakllantirgan - hozir milliy terma jamoaning 50 foizi o'shandan kashf etilgan. Men boshida bolalarimga aytdim: "Bugungi o'yinga sizlarga baribir boshqa ko'z bilan qaraladi. Chunki sizlar ham o'shanaqa proektsizlar, o'sha proektning bolalarisizlar. Faqat bizniki xususiy, ularniki boshqacha edi. Mana shu proekt davomli bo'ladigan bo'lsa, sizlar o'z mehnatingiz va harakatingiz bilan mana shu proektni davomli qilasizlar, degan so'zlar bilan bugun o'yinga chiqardik. Lekin Namangan muxlislarini yarim finalga chiqqani bilan hammasini tabriklayman. Bizga kelsak, bizning o'zimizning Pro-ligada qiladigan ishlarimiz bor. O'shanga hozir bolalarni tiklab, chempionatni tugatamiz, Xudo xohlasa", - deya gap boshladi Zayniddin Tojiev.
- Zayniddin aka, bolalar yaxshi shakllanganligi ko'rinib turibdi, lekin bugungi o'yinning qaysidir qismida koncentraciyani ushlashdi-yu, lekin ko'p hollarda o'sha narsa ko'zga ko'rinmadi-da. Bu ko'rsatmaydimi yoki raqib bunga imkon bermadimi o'sha to'liq bir xil tempda futbol namoyish etishga?
- Endi baribir bolalar yosh. Bunaqa saviyada o'ynamagan, bunaqa bosimda o'ynamagan, bunaqa muxlislar bilan - stadion to'lgani bilan o'ynamagan. Xohlaysizmi-xohlamaysizmi, bular yosh bolalar, baribir o'sha hayajon bor. To'p beradigan joyda hayajonlanadi - chapga, o'ngga. Bu sekin, mana shu tajriba, mana shunaqa o'yinlar orqali bular kuchli bo'ladi. Men bekorga aytmadim "to'rt kalla kuchli bo'ldi" deb. Chunki hozir bularni o'z tengqurlari bilan qo'yib qo'ysangiz, tengqurlari bilan bemalol o'ynaydi. Bundoq olib qarasangiz, bular U-19 da o'ynagan bolalar-da!
Lekin mana shu ergacha keldi: "Dinamo"si bilan ham o'ynadi, "Qo'qon"i bilan ham o'ynadi, mana hozir "Navbahor" bilan o'ynadi. Bu yoqqacha yutib keldi va bugun ham yomon o'ynamadi. Bu narsa baribir o'sha tajriba orqali bo'ladigan narsa. O'sha muhitga tushsa, stress holatiga tushgan holda keyin bular kuchli bo'ladi. O'zidan-o'zi mashg'ulotda yurgani bilan kuchli bo'lib qolmaydi. Mana shunaqa kuchli jamoalarga qarshi o'zini ko'rsata olsa, ana o'shandagina bular bir pog'ona, ikki pog'ona oldinga yurgan bo'ladi.
- "Navbahor"ga qarshi futbolchilik faoliyatingizda juda ko'p marta Namanganda futbol o'ynagansiz. Murabbiy sifatida, mening nazarimda, ilk marotaba bugun Namanganda "Markaziy" o'yingohdasiz. Taassurotlar, hissiyotlar qanaqa bo'ldi? Futbolchilik payti emas, bu murabbiylikda...
- Vodiyga kelsangiz, muhit boshqacha-da baribir! Futbol o'ynayotganingizda ham, mana bolalar ham maydonga tushyapti: maydonning tekisligini qarang, chiroyliligini qarang, muxlisni qarang. Bu faqat havas - bunaqa joylarda o'ynash. O'shaning uchun bugun bolalarimning ham ko'pi yig'layapti ham. Yig'lasa - yaxshi-da! Chunki ular "shu yerda men yaxshiroq o'ynasam bo'lardi" degan tushuncha bilan yig'layapti.
O'shaning uchun men bekorga aytmayapman, bular to'rt kalla kuchli bo'lyapti. Chunki mana shunaqa o'yinlar orqali bular katta futbolga, Xudo xohlasa, bemalol qadam bosib, ertaga mana shu "Navbahor"dami, "Paxtakor"dami, "Bunyodkor"dami, chet eldami - bemalol o'ynaydi. Chunki baribir hamma narsa reja asosida ketyapti: tizim, bizning yashaydigan joyimiz deysizmi, vitaminizaciya - hammasi bizda a'lo darajada.
Bolalarda faqat bitta narsa - xohish bo'lishi kerak. O'sha maqsad sari intilishi kerak. Maqsad bo'lsa, maqsad sari intilsa, bular katta futbolchi bo'lib ketishi aniq. Chunki bu yoqdagi yondoshadigan hamma narsa: sharoit deysizmi, vitamini deysizmi, vosstanovlenie (tiklanish) deysizmi - hamma narsa a'lo darajada. Faqat xohish: mashg'ulotga chiqdingmi - bajar, kel, dam ol, ovqatingni e, yana mashg'ulotga chiq. Bo'ldi, shu. Ulardan shu talab qilinadi.
- Mana O'zbekiston Kubogida to'rtta jamoa qoldi, yarim finalga chiqdi. "Navbahor"ning imkoniyatlarini O'zbekiston Kubogida qanday baholaysiz?
- Endi misol uchun, hozir OKMK bilan... OKMK ham yillar davomida o'ynab kelyapti. Lekin men hozir "Navbahor"ni ustunroq qilib, tepaga ko'tarardim. Nimaga? Chunki baribir jadvalda ham "Paxtakor" bilan bular durang o'ynab qo'yganiga chempionlik masalasi bo'lib qoldi. Lekin o'sha chempionlikka saviya, bolalari ham bor, qurbi etyaptimi - mana shu ergacha keldimi, bu narsa o'zidan-o'zi bo'lib qoladigan narsa emas. Kapadzening selekciyasi, o'yin g'oyasi qo'l kelyaptimi - Xudo xohlasa, faqat omad! Kubokni olsin, nimaga olmasin? Olsin, bolalar ham shunga loyiq.
- Bugun biz jamoa bilan birga "Markaziy" o'yingohga Gadji Gadjiev kelganligini ko'rdik. Shu xususda ham ma'lumot bersangiz...
- Bu odam hozir keldi, bizning yillik rejalarimizning hammasini ko'rib chiqdi. Kam-ko'stlarimizni, qo'shadigan joylarini, to'g'rilaydigan joylarining hammasini qisqa-qisqa qilib ko'rsatib ketyapti. Xudo xohlasa, hozir uchib ketadi. Keyin, biz o'sha shartnomaga qo'l qo'ysak, shu odam biz bilan keyingi yili murabbiylar shtabida ishlaydi.
- Assalomu alaykum. Garchi mag'lubiyatga uchragan bo'lsangiz ham, yigitlaringizga bugungi o'yin uchun rahmat aytamiz, juda ham yorqin o'yin ko'rsatishdi. Savolim shundan iboratki, jamoangiz hozir Pro-ligada to'rtinchi o'rinda bormoqda va sovrinli o'rinlar uchun hali hamon imkoniyat bor. Bu mavsum uchun jamoangiz oldiga nima maqsad qo'yilgan?
- Umuman maqsad yo'q edi. Ochiq-oydin aytaman, yilning boshida ham aytganman - maqsad yo'q, qanaqadir birinchi o'rin, ikkinchi o'rin degan narsa yo'q. Bizning maqsad - bolalarni o'stirish, katta futbolga etkazib berish. Bitta vazifa qo'yilgan. Lekin shunga qaramay, biz hozir to'rtinchi o'rindamiz va Xudo xohlasa, o'zimiz bolalar bilan kelishgan holda hay-hay qilib beshtalikka kirishga harakat qilamiz.
- Keyingi mavsumda jamoaning o'zagini saqlab qola olasizlarmi?
- Yo'q, endi saqlab qolish - u boshqa masala. Hozir ketadigani ketadi, buning o'rniga yoshroqlarni olamiz. Lekin bizning maqsadimiz - hozir voyaga etdimi, voyaga etgan bolani tarqatib yuborish. Hozir mana shu bolalarni tarqatib yuborsak, ketidan yosh bolalar chiqib kelaveradi. Talant juda ko'p, har bittasiga o'sha imkoniyatni yaratib berish kerak. Pro-liganing ham hozir saviyasi ko'tarildi, Pro-ligada qatnashayotganimiz bizga juda qo'l kelyapti, chunki raqobat kuchli va bolalarimiz tezroq voyaga etyapti, ulg'ayyapti. O'shaning uchun ham bizga Pro-ligada yurganimiz maqul.
Hozir olayotgan, mana shu yil oxirida va keyingi yil oladigan bolalarimiz 2011 yil bo'ladi. 2011–2010 yillar. Biz tepaga qaramaymiz, biz pastdan selekciya ishlarimizni juda a'lo darajada olib boryapmiz. Ro'yxatlarimiz ham bor - kim qayerda, viloyatdan, qaysi joydan. Bu narsa davomli, harakatda bor, hech to'xtash yo'q. Voyaga etdimi - bo'ldi, chiqarib yuboraveramiz. Biz bularni olib o'tirib, tuzlab nima foydasi bor? Foydasi yo'q-ku! Maqsad bor - chiqarishimiz kerak. Qancha ko'p chiqarsak, shuncha bu bizning mehnatimiz. Bu yerdan hozir u yoqqa chiqmasa, bizlarni almashtirish kerak bo'ladi, boshqasini qo'yish kerak - bolani yaxshiroq o'stiradigan odamni qo'yish kerak. Bo'ldi, muammosi yo'q.
- Siz o'z vaqtida mamlakatimizning taniqli hujumchilaridan biri bo'lgansiz. So'nggi paytlarda o'zbek hujumchilarida samaradorlik kamayib ketdi, ko'proq chet ellik futbolchilar to'purar bo'lishyapti. Buning sababi nimada deb o'ylaysiz?
- Endi qaerga borsam shu temani, masalani ko'taryapsizlar. Lekin har bitta jamoaning oldida vazifa bor, to'g'rimi? Hamma yoshni o'ynatmayapsizlar-ku, to'g'rimi? Bo'lib o'tgan (tayyor) o'yinchini o'ynatasiz. Bizning paytdagi holatni aytsangiz: har bitta jamoada, misol uchun, Nematullo Quttiboev bor edimi? Bor edi. Ettita-sakkiztasini sanaymiz: Berdiev bor edimi, kichkina yosh bola bor edimi, Farhod Tojiev bor edimi, Anvar Soliev bor edimi, Geynrix bor edimi - bor edi. Tasavvur qiling-da, Nematullo aka kyetib qoldilar-da, Nematullo akaning o'rnini bosadigani bor edi. Ulardan ikkitasi ketyapti-da, o'rnini bosadigani bor. Chunki o'sha bolalar bitta jamoada yurib, ularga imkoniyat berilardi.
A hozir kim beryapti o'sha imkoniyatni? Ayting hozir, kim beryapti? Yosh bormi? Yosh juda ko'p! Lekin har bitta murabbiyning oldida hozir vazifa qo'yilyapti: vazifani bajara olmasang, shart olib tashlab, almashtirib tashlayapti. Qachon siz mana bunaqa yosh bolalarga imkoniyat berasiz? Qayerda siz bu bolalarni o'stirasiz? Misol uchun, U-21 dami? To'g'risi-da, hozir U-21 ning ham saviyasi u darajada emas. O'zinglar bundoq baho berib ko'ringlar. Baribir o'stirish kerak-ku uni! "O'stiraman" desangiz, o'shanga imkoniyat berish kerak.
Mana, biz 2011 yilda tug'ilgan bolalarni ham qo'yyapmizmi? Qo'yyapmiz. Prosto bizning oldimizda vazifa yo'q, lekin maqsadimiz bor. Yosh bolalarga imkoniyat berib, o'sha qozonga tashlayapmizmi? Xudo xohlasa, tushyapti, o'ynayapti. Kuchli bo'lyaptimi? Kuchli bo'lyapti, tajribani orttiryapti. Endi bu narsa baribir rahbarlarga ko'proq tegishli. Chunki rezultat (natija) mana bu yerda bo'lsa, bola o'stirish mana bu yerda - bular hech qachon bitta joyda bo'lmaydi! Yoki buni tanlash kerak, yoki uni tanlash kerak. O'rtasi yo'q-da buning, o'rtasi bo'lmaydi. O'shani hisobga olinglar.
![]() | 21.10.2026 00:08 Ўқилди 39129 LIVE. YCHL. PSJ - “Barselona” 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 15.10.2026 00:08 Ўқилди 35016 "Roma" - "Real" LIVE |
![]() | 20.10.2026 23:48 Ўқилди 23591 CHL. "Fenerbaxche" so'nggi daqiqalarda g'alabani qo'ldan chiqardi |
![]() | 12.10.2026 23:24 Ўқилди 21277 Elit OCHL. Hamrobekovning "Traktori" durang o'ynadi, "Al Ahli" BAAda 3 ta gol urdi |
![]() | 22.10.2026 00:08 Ўқилди 19777 MYU ketma-ket 7 ta o'yindan beri g'alaba qozona olmayapti - 4 ta mag'lubiyat, 3 ta durang |
![]() | 21.10.2026 00:48 Ўқилди 15029 Islombek Ismoilov: "Jamoamiz ishtirok etadigan barcha turnirlarda g'alaba qozonish maqsadi bor edi"" |
![]() | 20.10.2026 02:08 Ўқилди 14018 APL. Kulusevski 526 kundan so'ng maydonga qaytgan bahsda "Tottenxem" mavsumdagi birinchi g'alabasini tantana qildi |
![]() | 13.10.2026 02:16 Ўқилди 13871 Elit OCHL. "Neftchi" mehmonda "Al Nassr"ga mag'lub bo'ldi |
![]() | 12.10.2026 19:56 Ўқилди 12330 Zayniddin Tojiev: "O'yin yangi stadionda o'tkazilgani muxlislarga ham maqul keldi" |
![]() | 22.10.2026 00:40 Ўқилди 11605 Brunu Fernandesh "Komo"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng MYU murabbiylar shtabini tanqid qildi |
Реклама
Сайт хақида