Manba: Kannavaro Meksika yoki AQSH klublarini boshqarish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda
21.10.2026 17:48 Ўқилди: 337
TUDN jurnalisti Fransisko Arredondoning ma'lum qilishicha, italiyalik mutaxassis Lotin Amerikasidagi vakillik agentligi bilan shartnoma imzolagan. Bu Kannavaroning biror klub bilan kelishuvga erishganini anglatmaydi.
2006 yilda Italiya terma jamoasi safida jahon chempioni bo'lgan va o'sha yili "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgan Kannavaro 2025 yil oktyabrida O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan.
Kannavaroning O'FA bilan shartnomasi 2027 yil oktyabrigacha amal qiladi.