Kimmix oilasidagi og'ir judolik sababli "Bavariya"ning "Arsenal"ga qarshi o'yinini o'tkazib yuboradi
21.10.2026 14:48 Ўқилди: 1151
Bu haqda klub matbuot xizmati X ijtimoiy tarmog'ida ma'lum qildi. Uchrashuv bugun, 21 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.
"Oilasidagi yaqin insonining olamdan o'tgani sababli Yozua Kimmix bugun Londonning "Arsenal" klubiga qarshi o'yin qaydnomasiga kiritilmadi.
Oila nomidan ularning shaxsiy hayoti va qayg'usini hurmat qilishni, shuningdek, ushbu mavzuni OAVda keyinchalik surishtirish va yoritishdan tiyilishni so'raymiz. Butun "Bavariya" futbol klubi Yozua Kimmixga chuqur hamdardlik bildiradi va ushbu og'ir damlarda uni qo'llab-quvvatlaydi", - deyiladi klub bayonotida.