
Hayvonlar huquqlarini himoya qilish bo'yicha dunyodagi eng yirik nodavlat tashkilot PETA ("Hayvonlar bilan etik munosabatda bo'lish tarafdorlari") "Pelas" ijrochi direktori Sheron Leysi nomiga rasmiy xat yubordi.
Xatda London klubidan Feniks laqabli burgutning "Selxerst Park" stadionidagi tadbirlarda ishtirok etishini to'xtatish va bundan buyon tirik hayvonlardan ramz sifatida foydalanmaslik majburiyatini olish so'ralgan.
"Kristal Pelas" 1973 yilda - jamoaning laqabi "Oynasozlar"dan "Burgutlar"ga o'zgartirilganidan beri ushbu qushlar bilan ramziy manoda bog'lanib keladi. 2010 yilda klub yangi ananani joriy etgan edi: uy o'yinlari oldidan maydonda Kayla laqabli burgut paydo bo'lardi. U klubga o'n yil xizmat qildi va 2020 yilda vafot etdi. Uning o'rnini egallagan Feniks laqabli burgut esa 2024 yilning avgust oyida "Vest Xem"ga qarshi o'yin oldidan debyut qildi. Feniks Kent grafligidagi Eagle Heights Wildlife Foundation yovvoyi tabiat fondida saqlanadi va u har bir o'yinda ham ishtirok etmaydi. Joriy mavsumda klub Kayla mashhur bo'lgan ritualni - o'yin boshlanishi oldidan maydon bo'ylab ilk parvozni bekor qildi.
PETA o'z xatida yorqin chiroqlar, baland shovqin va gavjum muxlislar olomoni stadionlarni "hayvonlar uchun nobop joy"ga aylantirishini hamda bu hayvonlarning o'ziga ham, tomoshabinlarga ham xavf tug'dirishini ta'kidladi. Hujjatda burgutlarning devorlarga yoki oynalarga urilgani, lochinlardan biri esa muxlisning boshiga qo'nib, egasining bosh terisiga changalini botirgani kabi holatlar keltirilgan. PETA shuningdek, 2015 yilda Kayla bilan yuz bergan incidentni eslatib o'tdi: Angliya liga kubogi doirasidagi tribunalarda tartibsizliklar yuz bergan o'yinda "Charlton" muxlislaridan biri qushga zarba berishga uringan va keyinchalik aybdor deb topilgan edi.
Shuningdek, PETA xatida burgutlarning tabiiy xatti-harakatlari xususiyatlari sababli stadion muhiti ular uchun yaroqsiz ekani qayd etilgan. Tabiat qo'ynida bu qushlar juda olis masofalarni uchib o'tadi va odatda odamlar bilan yaqin muloqotdan qochadi. Tashkilot bayonotiga ko'ra, hatto tutqunlikda o'stirilgan qushlar ham o'z tabiiy instinktlarini saqlab qoladi va tabiat tomonidan berilgan imkoniyatlarni amalga oshira olmasa, stress hamda tushkunlikka tushishi mumkin.
"Oqbosh burgutlar erkinlik ramzi sifatida ezozlanadi, biroq Feniksdan aslida shunchaki futbol muxlislarini ko'ngilochar qilish uchun rekvizit sifatida foydalanilmoqda. "Kristal Pelas"da tomoshabinlarni junbushga keltiradigan odam-ramz mavjud, shu sababli yovvoyi hayvonni shovqinli va to'polonchi stadionga sudrab kelishga hech qanday hojat yo'q. PETA klubni Feniksga qanot yozishiga imkon berishga va uni o'yinlar bilan bog'liq majburiyatlardan abadiy ozod qilishga chaqiradi", - dedi PETA'ning korporativ loyihalar bo'yicha katta menejeri Keris Bennett.
![]() | 21.10.2026 00:08 Ўқилди 39102 LIVE. YCHL. PSJ - “Barselona” 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 15.10.2026 00:08 Ўқилди 34944 "Roma" - "Real" LIVE |
![]() | 20.10.2026 23:48 Ўқилди 23570 CHL. "Fenerbaxche" so'nggi daqiqalarda g'alabani qo'ldan chiqardi |
![]() | 12.10.2026 23:24 Ўқилди 21274 Elit OCHL. Hamrobekovning "Traktori" durang o'ynadi, "Al Ahli" BAAda 3 ta gol urdi |
![]() | 21.10.2026 00:48 Ўқилди 15017 Islombek Ismoilov: "Jamoamiz ishtirok etadigan barcha turnirlarda g'alaba qozonish maqsadi bor edi"" |
![]() | 20.10.2026 02:08 Ўқилди 14015 APL. Kulusevski 526 kundan so'ng maydonga qaytgan bahsda "Tottenxem" mavsumdagi birinchi g'alabasini tantana qildi |
![]() | 13.10.2026 02:16 Ўқилди 13865 Elit OCHL. "Neftchi" mehmonda "Al Nassr"ga mag'lub bo'ldi |
![]() | 12.10.2026 19:56 Ўқилди 12327 Zayniddin Tojiev: "O'yin yangi stadionda o'tkazilgani muxlislarga ham maqul keldi" |
![]() | 21.10.2026 01:24 Ўқилди 10811 Saudiya Arabistoni. Ronaldu penaltin golga aylantira olmadi, "Al Nassr" kichik hisobda g'alabaga erishdi |
![]() | 14.10.2026 00:32 Ўқилди 10493 Mustaqil futbol regulyatori: aksariyat ingliz klublari moliyaviy inqiroz yoqasida turibdi |
Реклама
Сайт хақида