"Chetlatishga qadar hammasi rejamiz bo'yicha ketayotgan edi". Simeone - "Atletiko"ning "Shtutgart"ga qarshi o'yini haqida
21.10.2026 13:48 Ўқилди: 528
"Atletiko" uchrashuvning 64-daqiqasida yarim himoyachi Morten Yulmann maydondan chetlatilgach, o'yinni bir kishi kam bo'lib yakunladi.
"Hammasi biz taxmin qilganimizdek kechdi. Bizga maydonimizning o'zida yuqori pressing qo'llagan va tanaffusgacha erkin o'ynashimizga yo'l qo'ymagan kuchli va juda noqulay jamoa raqiblik qildi. Urilgan goldan so'ng biz yaxshiroq hujum qila boshladik va xavfli vaziyatlarni tez-tez yaratdik. Ikkinchi bo'limda, chetlatishga qadar o'yin nazorati bizda edi va hammasi rejamiz bo'yicha ketayotgan edi", - dedi Simeone Movistar+ telekanaliga asoslanib UEFA rasmiy saytiga bergan intervyusida.