"Real"ga "Arsenal" futbolchisi kerak. London klubi futbolchisini 100 million evrodan kamiga sotmaydi
21.10.2026 10:48 Ўқилди: 488
Ispaniya grandi himoyani kuchaytirishning uzoq muddatli variantlarini baholashda davom etmoqda. Bu haqda Caught Offside xabar bermoqda.
Manba ma'lumotiga ko'ra, London klubi 24 yoshli futbolchini sotishni istamayapti va muzokaralarni faqat 100 million evrodan boshlaydi. Takidlanishicha, "kanonirlar" italiyalik himoyachini Mikel Arteta loyihasidagi asosiy o'yinchi deb hisoblashadi.
Joriy mavsumda Kalafori barcha turnirlarda sakkizta o'yinda maydonga tushib, ikkita gol va ikkita golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida taqdim etilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 65 million evroni tashkil etadi.