
"Bu o'yingacha biz katta yo'qotishlar bilan tashrif buyurgandik. Sababi, bizning 3-4 nafar asosiy o'yinchilarimiz hozirda jarohat olishgani bois, bugun biz yangi futbolchilarga imkoniyat berdik va o'ylaymanki, ular bugungi o'yindan katta tajriba va katta xulosa chiqarishadi. Sababi Superliga jamoasi darajasida o'ynash baribir yosh o'sib kelayotgan futbolchilar uchun ozgina qiyinchilik tug'dirishi mumkin. Lekin katta xohish va harakat, jamoamizning birdamligi evaziga biz safarda bo'lsa ham yana o'sha tarixni davom ettirmoqchi edik. Lekin bugungi raqibimiz ham judayam tajribali jamoa, tajribali murabbiylar shtabidan iborat. Bu o'yinda, albatta, qaysidir vaziyatlarda baribir o'sha tajriba o'z so'zini aytdi", - deya gap boshladi Abbos Ergashev.
- Mana o'yinga kelganda, "Guliston" Superliganing eng kuchli jamoalaridan bittasiga safargi uchrashuvga bordi. Odatda bunaqa paytda himoyaviy o'yin ko'rsatiladi, avtobus qo'yiladi, 5 ta himoyachi bilan tushiladi. Lekin "Guliston"da bu narsani ko'rganimiz yo'q. Aksincha ko'proq hujum qildi. Yani, shundoq kuchli raqib bo'lishiga qaramasdan yigitlarga qanaqa motivaciya berdingiz jangovar kurash olib boradigan?
- Endi Superliga jamoasi bilan o'yindan oldin, bizning motivaciyamizdan tashqari, yigitlarni o'zlarida ham katta motivaciya bo'ladi. Sababi Birinchi liga va Superliga jamoasi to'qnash kelyapti, bu yerda bolalarga ortiqcha ishtiyoq kerak emas, ular o'zlari o'sha Superliga darajasida o'ynashni xohlaydi, ham rivojlanishni istaydi. Ana o'shaning uchun biz kerakli ko'rsatmalarni berdik, yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Bizning o'zi taktika va o'yinni tashkil qilishimiz ham baribir ko'proq hujumga asoslangan. Chunki futbolchilarimizni o'shanga tayyorlab kelyapmiz, o'rgatib kelyapmiz. Lekin boya aytganimdek, ozgina yo'qotishlar va tajribasizlik bugun pand berdi. Lekin biz bu yo'nalishda ishlashda hali davom etamiz, maqsadlarimiz katta. Futbolchilarimizga shuni ta'kidlab kelyapmizki, hech qaysi jamoadan qo'rqish kerak emas.
- Bu bosqichga yetib kelganingiz bilan tabriklayman. "Guliston" jamoasining navbatdagi muhim o'yinlari bor, to'g'ri kubokdan chiqib ketdi, lekin Pro ligaga chiqish imkoniyati bor. Aytingchi, o'sha Pro ligaga chiqishda qaysi jamoalar sizning jiddiy raqibingiz bo'la olishi mumkin, ayniqsa futbol akademiyalari borasida?
- Endi mana hozir Birinchi ligada ham o'zimizning mintaqada 18 ta tur o'yin o'tkazdik. Men o'ylaymanki, "Guliston" jamoasiga qarshi hech qaysi o'yin oson o'tgani yo'q. Sababi akademiya jamoalari bo'lishiga qaramay ular ham yosh, lekin o'sha yoshlari ichida eng yaxshi saralanganlari ishtirok etyapti. Qaysidir vaziyatlarda bizning ozgina tajribali o'yinchilarimiz borligi evaziga va o'yinlarni to'g'ri tashkil qilish hisobiga biz g'alaba qozonib keldik, lekin akademiya jamoalari haqida ham men yaxshi fikr bildira olaman.
- Meni oxirgi savolim, "Guliston" Pro ligaga chiqishga qanchalik tayyor? Yani moliya, infratuzilma, tarkib masalasida qanchalik tayyor?
- Endi hozirgi jamoamizning Birinchi liga va kubokdagi tarixiy natijalaridan keyin bizda o'sha Pro liga va Superliga yo'nalishida ish ketyapti. Bugungi kunda rahbariyatimizda ham taniqli mutaxassislar - Jahongir Jiyamurodov hamda ko'p yillik viloyatimiz hokimi ishlayapti. Bu narsa men o'ylaymanki, tezlikda amalga oshib qolmaydi. Sababi, infratuzilma va jamoani Pro liga, Superliga darajasiga olib chiqish baribir vaqt talab qiladi. Lekin hozirgi kunda markaziy stadionimizda ham katta qurilish ishlari davom etyapti va yakuniga yetib qoldi. Jamoamiz har taraflama Pro liga va Superligaga tizimlarini ham ishlab chiqqan. Mana hozir yaqinda futbol akademiyamiz tashkil qilindi, unda ham ishlar davom etyapti. Xudo xohlasa o'ylaymanki, o'sha bugungi "Olmaliq" jamoasidek, "Guliston"da, Sirdaryoda ham xuddi shunday jamoa tashkil qilinadi va rivojlanish davom etadi. Xudo xohlasa, sizlarni ham, jamoani ham Sirdaryoda ko'ramiz.
![]() | 21.10.2026 00:08 Ўқилди 39102 LIVE. YCHL. PSJ - “Barselona” 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 15.10.2026 00:08 Ўқилди 34944 "Roma" - "Real" LIVE |
![]() | 20.10.2026 23:48 Ўқилди 23570 CHL. "Fenerbaxche" so'nggi daqiqalarda g'alabani qo'ldan chiqardi |
![]() | 12.10.2026 23:24 Ўқилди 21274 Elit OCHL. Hamrobekovning "Traktori" durang o'ynadi, "Al Ahli" BAAda 3 ta gol urdi |
![]() | 21.10.2026 00:48 Ўқилди 15017 Islombek Ismoilov: "Jamoamiz ishtirok etadigan barcha turnirlarda g'alaba qozonish maqsadi bor edi"" |
![]() | 20.10.2026 02:08 Ўқилди 14015 APL. Kulusevski 526 kundan so'ng maydonga qaytgan bahsda "Tottenxem" mavsumdagi birinchi g'alabasini tantana qildi |
![]() | 13.10.2026 02:16 Ўқилди 13865 Elit OCHL. "Neftchi" mehmonda "Al Nassr"ga mag'lub bo'ldi |
![]() | 12.10.2026 19:56 Ўқилди 12327 Zayniddin Tojiev: "O'yin yangi stadionda o'tkazilgani muxlislarga ham maqul keldi" |
![]() | 21.10.2026 01:24 Ўқилди 10811 Saudiya Arabistoni. Ronaldu penaltin golga aylantira olmadi, "Al Nassr" kichik hisobda g'alabaga erishdi |
![]() | 14.10.2026 00:32 Ўқилди 10493 Mustaqil futbol regulyatori: aksariyat ingliz klublari moliyaviy inqiroz yoqasida turibdi |
Реклама
Сайт хақида