
"Umuman olganda, yaxshi boshlagan edik, keyin esa o'zimizga o'zimiz muammo yaratib oldik - bir kishi kam bo'lib qoldik. Ammo shunga qaramay, to'g'riroq harakat qilish mumkin edi. Professional futbolchilar o'tkazib yubormasligi kerak bo'lgan ikkita golni o'z darvozamizga olib keldik. Afsuski, navbatdagi xatolar yana mag'lubiyatga olib keldi. Bu yil barchasi unchalik ham omadli kechmayapti, shu sababli keyingi bahslarga tayyorgarlik ko'rishimiz lozim", - deya gap boshladi Vadim Abramov.
- Jamoaning funkcional tayyorgarligini qanday baholaysiz?
- Tayyorgarlik joyida. Shunchaki o'n kishi bo'lib qolganingda himoyalanish qiyin kechishi tabiiy. Ikkinchi to'p o'tkazib yuborilgach, "jismoniy holat yetishmadi" degan taassurot uyg'onishi mumkin. Ammo unday emas: hisob 1:2 bo'lgach, oxirgi daqiqalarda hujumga intildik-ku. Futbol shunday narsaki, bazida raqib qanday imkon bersa, shunday o'ynaysan. Biz ikkinchi bo'limda ataylab tashabbusni raqibga berib, qarshi hujumda ushlamoqchi bo'ldik. Biroq o'yin mantig'iga to'g'ri kelmaydigan gol o'tkazib yubordik. Raqibning hujumida bizni qiyin ahvolga solib qo'yadigan hech qanday xavf yo'q edi. Shunchaki o'zimiz oldinga chiqib ketdik va juda bemani vaziyatda ularga yakkama-yakka chiqib borish imkonini berdik.
- Chetlatishda ham, penalti epizodida ham oldinga uzatilgan to'plar o'tkazib yuborilgandek tuyuldi.
- Shubhasiz. Futbolchining aql-zakovati ham shunda ko'rinadi. Faqat hujum haqida o'ylamasdan, raqibning qarshi hujumini qanday qaytarishni, o'zing qayerda turganingni va raqib o'yinchisi qayerdaligini hisobga olish kerak. Buni har kuni tushuntiramiz, ammo yana shunday e'tiborsizliklar sabab jazolanyapmiz.
- Yarim himoya markazida doimiy rotaciya va o'yin davomida almashtirishlar ko'zga tashlanmoqda. Bu nima bilan bog'liq?
- Bu ayni damda mavjud yarim himoyachilarimizning harakatlari bizni to'liq qoniqtirmayotgani bilan bog'liq. Ushbu uchrashuvda avvalgi o'yindagi o'yinchilar maydonga tushgan edi, biroq o'yin davomida chetlatish tufayli o'zgarish kiritishga to'g'ri keldi. Chap qanot himoyachisini maydonga tushirishimiz zarur edi, shu sababli xatoga yo'l qo'yib, sarosimaga tushgan va noto'g'ri qarorlar chiqara boshlagan yosh futbolchini maydonga tushirdik. Uning o'rniga tajribaliroq o'yinchini tushirdik.
- Mavsum oxiriga kelib legionerlarning o'yinini qanday baholaysiz?
- Hozir biror baho berish mushkul, chunki ular mavsum o'rtasida kelishdi - esingizda bo'lsa, avvalgi barcha legionerlarimiz kyetib qolgan edi. Yangi o'yinchilar keldi. Kimningdir harakati qoniqtiryapti, kimdandir ko'prog'ini kutyapmiz, ammo hozircha kutilgan natijani ololmayapmiz. Boshqa tomondan, ularni ham to'g'ri tushunish kerak, mavsum o'rtasida jamoaga birdaniga kirishib ketish juda qiyin.
- Nurillo To'xtasinov asosiy tarkibda maydonga tushdi. Avvalroq unda jarohat borligi aytilgandi, bu muammo ortda qoldimi?
- Bungacha u asosiy tarkibda maydonga tushmagandi, bugun esa chap qanotni kuchaytirish maqsadida uni ilk daqiqalardan tushirdik. Uning kuchli jihatlari va xavfli uzatmalariga umid bog'lagandik. Biroq bemani chetlatish o'yin tuzilmasini butunlay buzib yubordi. Qizil kartochkagacha ustunlik biz tomonda edi, go'yo xotirjam g'alabaga erishadigandek ko'ringandik, ammo birgina xato barchasini o'zgartirdi.
- Mavsum oson kechmayapti. Qolgan o'yinlarda yigitlarni qanday ruhlantirish kerak?
- Ular professional. Stadionga muxlislar kelishadi. Mavsumni munosib yakunlashimiz, stadionga kelgan odamlar futboldan zavq olishlari kerak. Keyin esa rahbariyat kelgusi yil uchun vazifalarni belgilab beradi va shunga qarab ish olib boramiz.
- Oldinda "Andijon"ga qarshi bahs kutmoqda, ularda ham qiyin davr...
- Hozir ushbu mag'lubiyatdan o'zimizga kelishimiz lozim, chunki bu kutilmagan natija bo'ldi, hech kim buni rejalashtirmagandi. Jamoamizda qandaydir qiyin davr boshlandi: ketma-ket uchinchi mag'lubiyat. Har bir bahsda to'p kirityapmiz, biroq kutilmaganda juda oddiy gollarni o'tkazib yubormoqdamiz.
"Nasaf" bilan o'yinda so'nggi soniyalarda gol o'tkazgandik, bugun ham ayrim savollar tug'ildi. Hakamlardan VAR tizimini oxirigacha sinchiklab ko'rishlarini so'radim.
Penalti belgilanishidan avval, ilk to'p uzatilishidan oldinoq jarima maydoni ichida uchinchi raqamli o'yinchimizga nisbatan qoida buzilgan edi. Shundan keyin to'p qanotga qaytdi, u yerdan ikkinchi bor uzatildi va o'sha vaziyatda penalti yuzaga keldi. Qoidalarga ko'ra, hakamlar butun hujum fazasini to'liq tekshirishlari shart, ammo nega bu qoidabuzarlikka e'tibor qaratishmadi - tushunarsiz.
- So'nggi bahslarda hakamlik borasida ham etirozlar ko'paymoqda...
- Afsuski, xatolar bo'lib turibdi. Lekin bu shunchaki insoniy omil bilan bog'liq degan umiddamiz.
![]() | 15.10.2026 00:08 Ўқилди 34821 "Roma" - "Real" LIVE |
![]() | 12.10.2026 23:24 Ўқилди 21178 Elit OCHL. Hamrobekovning "Traktori" durang o'ynadi, "Al Ahli" BAAda 3 ta gol urdi |
![]() | 13.10.2026 02:16 Ўқилди 13778 Elit OCHL. "Neftchi" mehmonda "Al Nassr"ga mag'lub bo'ldi |
![]() | 12.10.2026 19:56 Ўқилди 12225 Zayniddin Tojiev: "O'yin yangi stadionda o'tkazilgani muxlislarga ham maqul keldi" |
![]() | 14.10.2026 00:32 Ўқилди 10427 Mustaqil futbol regulyatori: aksariyat ingliz klublari moliyaviy inqiroz yoqasida turibdi |
![]() | 14.10.2026 00:08 Ўқилди 8831 YCHL. "Atletiko" – "Man Yunayted" va boshqa uchrashuvlari start oldi (onlayn hisob) |
![]() | 11.10.2026 02:08 Ўқилди 8473 PSJ "Le-Man"ni mag'lub etdi |
![]() | 14.10.2026 19:16 Ўқилди 6470 Birodar Abduraimov va To'lagan Isoqov vorislari” metodik qo'llanmasi taqdimoti o'tkazildi |
![]() | 11.10.2026 21:08 Ўқилди 5745 Brendan Rojers: "Paxtakor"ga imkon qadar muammo tug'dirishga harakat qilamiz" |
![]() | 15.10.2026 00:00 Ўқилди 5632 LIVE. YCHL. "Manchester Siti" - PSJ 0:0 (matnli translyatsiya) |
Реклама
Сайт хақида