
"Ikkita turli xil bo'lim o'ynadik. Birinchi bo'lim faol, agressiv o'tdi, vaziyatlar yaratdik, gol urdik. Ikkinchi bo'limni esa ko'proq "Bunyodkor" nazorat qildi va vaziyatlar yaratdi. Yuz foizlik vaziyatlar bo'lmadi-yu, lekin yarim vaziyatlar bo'ldi: zarbalar ham, nazorat ham. Bu futbol, shuning uchun 1:1 o'ynadik, albatta, bu yaxshi emas. Jamoa shunday holatga tushib qoldi: yoki biz ketma-ket 3-4 ta o'yinda g'alaba qozonamiz, yoki 3-4 ta o'yinda yuta olmaymiz. Shuning uchun yigitlarga fidoyiliklari uchun rahmat. Keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz, keyingi o'yinimiz kubok doirasida. Tiklanib, tayyorgarlik ko'rib, maydonga tushishimiz kerak", - deya gap boshladi Ulug'bek Bakaev.
- Agar birinchi bo'limda ustunlik, o'yin nazorati bo'lgan bo'lsa va o'z golingizni urgan bo'lsangiz, ikkinchi bo'lim butunlay boshqa ssenariy ostida o'tdi. Bu murabbiyning ko'rsatmasimidi, chunki siz boshqa sxemaga o'tdingiz (5-4-1, yani avval 5-3-2 keyin 5-4-1)? Boshkovich boshqaruvidagi "Bunyodkor" biroz o'zgargan. Oldin "Bunyodkor" ko'p vaziyat yaratardi, lekin amalga oshirishda oqsardi. Hozir ularda ikkita vaziyat - ikkita gol, bitta vaziyat - bitta gol, bugun esa bir yarimta vaziyatdan bitta gol. Bu qanday yuz berdi?
- Yo'q, sxemani o'zgartirmadik. Shunchaki o'yinchilarning o'zlari o'yin davomida tepaga ko'tarilishi kerak bo'lgan vaziyatlarda orqaga qaytishni boshladilar. Maydon chetidan baqirib tushuntirish qiyin, kimdir eshitadi, kimdir uzoqda. Sxemani avvalgidek qoldirdik, lekin nima bo'lsa shunday bo'ldi. "Bunyodkor" faollashganda, hisobni ushlab qolish uchun o'zgarishlar qildik. Bizda faqat bitta imkoniyat qolgani uchun 83-84-daqiqalarda ikkita o'zgarish qildik. Hech kimga etirozim yo'q, yigitlarga fidoyiliklari va o'yin tartibi uchun faqat minnatdorchilik bildiraman. Bizga jismoniy kuch yetishmadi, oxirida charchab qoldik.
- Lyupche Doriev - katta figura. Bugun esa unga qarshi 16-17 yoshli yigitlar, himoya markazida ikkita yosh bola o'ynadi. Lyupche maydonga tushib, ularni aldab o'tib, vaziyatlar yaratadi va qarshi hujumlarda ushlab turadi degan ko'rsatma bo'lmadimi?
- Qachonki inson, bu vaziyatda Doriev, hujumda juda faol va agressiv o'ynasa, ikki-uch kishini aldab o'tishdan qo'rqmasa, raqib doimo uning kuchli va zaif tomonlarini o'rganadi. Bu haqiqat. Shuning uchun Dorievga har safar juda qiyin: u to'pni qabul qilib olganda, unga qarshi darhol ikki-uch kishi himoyaga keladi va yana sug'urtalaydi. Bir tomondan, bu yaxshi - uni kuchli o'yinchi sifatida hurmat qilishadi va undan hayiqishadi. Lekin o'ziga qiyin. Agar unga yordam beradigan yana kimdir shunday agressivroq o'ynaganda, ancha oson bo'lardi.
- "So'g'diyona"ga yana bitta Lyupche Doriev yetishmayaptimi?
- Bilmadim, negadir yoshlar agressiv o'ynashdan qo'rqishadi. Hammasi emas, lekin ko'pchiligi raqibni aldab o'tishga harakat qilmaydi, ko'proq to'p nazorati orqali o'ynashga harakat qilishadi. Ammo shunday vaziyatlar bo'ladiki, qachonki agressiv tarzda aldab o'tish kerak bo'ladi, bugungi zamonaviy futbolda individual harakatlar juda yaxshi samara beradi.
- "Bunyodkor"ning yoshlari yaxshi manoda surbet, shijoatli, raqibni aldab o'tishga intiladi, to'pni yo'qotsa ham, qo'rqmaydi. "So'g'diyona"da esa bunday emasmi?
- Ularda o'yinchilarni tayyorlaydigan akademiya bor. U yerda har bir poziciyaga Superliga darajasiga mos keladigan 5-10 nafardan o'yinchi bor. "So'g'diyona" ham 2-3 yil oldin akademiya tashkil qildi. 5-6 yil o'tib, "So'g'diyona" ham shunday mevalar beradi, mahalliy yigitlar ketadi va ularning o'rniga boshqa yoshlar keladi. Bu normal holat.
- Payshanba kuni "Andijon"ga qarshi o'yin. Nimani kutishimiz mumkin?
- Yaxshi o'yinni. Yaxshi va agressiv o'yinni.

![]() | 15.10.2026 00:08 Ўқилди 34782 "Roma" - "Real" LIVE |
![]() | 12.10.2026 23:24 Ўқилди 21151 Elit OCHL. Hamrobekovning "Traktori" durang o'ynadi, "Al Ahli" BAAda 3 ta gol urdi |
![]() | 13.10.2026 02:16 Ўқилди 13742 Elit OCHL. "Neftchi" mehmonda "Al Nassr"ga mag'lub bo'ldi |
![]() | 12.10.2026 19:56 Ўқилди 12207 Zayniddin Tojiev: "O'yin yangi stadionda o'tkazilgani muxlislarga ham maqul keldi" |
![]() | 14.10.2026 00:32 Ўқилди 10409 Mustaqil futbol regulyatori: aksariyat ingliz klublari moliyaviy inqiroz yoqasida turibdi |
![]() | 14.10.2026 00:08 Ўқилди 8813 YCHL. "Atletiko" – "Man Yunayted" va boshqa uchrashuvlari start oldi (onlayn hisob) |
![]() | 11.10.2026 02:08 Ўқилди 8458 PSJ "Le-Man"ni mag'lub etdi |
![]() | 14.10.2026 19:16 Ўқилди 6446 Birodar Abduraimov va To'lagan Isoqov vorislari” metodik qo'llanmasi taqdimoti o'tkazildi |
![]() | 11.10.2026 21:08 Ўқилди 5724 Brendan Rojers: "Paxtakor"ga imkon qadar muammo tug'dirishga harakat qilamiz" |
![]() | 15.10.2026 00:00 Ўқилди 5614 LIVE. YCHL. "Manchester Siti" - PSJ 0:0 (matnli translyatsiya) |
Реклама
Сайт хақида