
- Faoliyatingiz davomida biror marta kelishilgan o'yinda ishtirok etmaganmisiz?
- Nima bilan qasam ichishim kerak bo'lsa ham, yo'q! Hech qachon ishtirok etmaganman. Agar butun jamoa kelishgan bo'lsa, unda men ham qatnashgan bo'laman. Bir marta shunday o'yin bo'lgan, lekin kelishuv haqida faqat keyin, menga pul olib kelishganida bildim.
- Qanday o'yin edi?
- Kievda “Dinamo”ga qarshi o'ynagan edik.
- Adashmasam, 0:5 hisobidagi mag'lubiyatmi?
- Yo'q, 1:2 hisobida yutqazganmiz. U yerda kulgili vaziyat yuz bergan. Gazzaev 40 metrlardan to'pni darvoza to'qqizligiga joyladi. Keyin esa tomosha boshlandi: qandaydir penaltilar...
Kiyinish xonasida menga 200 yoki 250 rubl berishdi. Hayron bo'lib: “Nima uchun?” deb so'radim. “So'rama”, deyishdi. Men ham boshqa savol bermadim.
Ammo Kievda 0:5 hisobida mag'lub bo'lganimiz aniq kelishilgan o'yin emas edi. Kelishilgan uchrashuvlar bunday o'tmaydi.
- Bizda kelishilgan o'yinlarga oid ikkita voqea bor. Siz ularga izoh bersangiz.
- Qani, aytavering!
- Boris Pozdnyakov Kutaisidagi o'yin haqida gapirgan edi. Har bir futbolchiga 500 rubldan pul olib kelishgan: “Pulni sizlarga beramiz yoki hakamlarga. O'zingiz hal qilinglar”, deyishgan. Ovoz berish boshlangan. “Men, Stukashov va Prudnikov qarshi chiqdik, qolganlar esa rozi bo'lishdi. Ammo hakamlar bilan baribir kurasha olmasligimizni, yutqazishimizni tushunib, pulni oldik”, degan edi u.
- Buni birinchi marta eshityapman!
- Rostdanmi?
- Men boshqa voqeani bilaman. Dushanbe shahriga borganimizda darvozabon Manannikov katta bir paketni ko'tarib keldi. Men bunchalik ko'p pulni hech qachon ko'rmagan edim.
- Pulni sizga olib kelganmidi?
- Ha. Men unga: “Bu menga tegishli masala emas, yigitlarning oldiga bor”, dedim. Oxir-oqibat paket rostovlik hakam Timoshenkoning qo'liga o'tdi. U penalti belgiladi - to'p maydon markazida turgan paytda! Biz 0:1 hisobida mag'lub bo'ldik. Qani, keyingi voqeangizni ayting.
- Bu voqeani Aleksey Prudnikov aytib bergan. Uyda Kutaisining “Torpedo” jamoasiga mag'lub bo'lishganidan keyin Eduard Malofeev kiyinish xonasida Prudnikovga tashlangan: “Nega o'yinni sotding?” Prudnikov esa: “Men zaxirada o'tirgan edim-ku”, deb javob bergan. Malofeev: “Nima bo'pti? Sen jamoa sardorisan!” degan ekan.
- Eduard Vasilevichning o'ziga xos fikrlash tarzi bor edi. Hamma narsaga “shashka yalang'ochlab” tashlanardi. Rostini aytsam, Kutaisi bilan o'yin kelishilgan bo'lgan deb o'ylamayman. Garchi... Hozir har qanday ehtimolni istisno qilmayman!
- Sizni bunday ishlardan xabardor qilishmaganmi?
- Yo'q.
![]() | 15.10.2026 00:08 Ўқилди 34782 "Roma" - "Real" LIVE |
![]() | 12.10.2026 23:24 Ўқилди 21151 Elit OCHL. Hamrobekovning "Traktori" durang o'ynadi, "Al Ahli" BAAda 3 ta gol urdi |
![]() | 13.10.2026 02:16 Ўқилди 13742 Elit OCHL. "Neftchi" mehmonda "Al Nassr"ga mag'lub bo'ldi |
![]() | 12.10.2026 19:56 Ўқилди 12207 Zayniddin Tojiev: "O'yin yangi stadionda o'tkazilgani muxlislarga ham maqul keldi" |
![]() | 14.10.2026 00:32 Ўқилди 10409 Mustaqil futbol regulyatori: aksariyat ingliz klublari moliyaviy inqiroz yoqasida turibdi |
![]() | 14.10.2026 00:08 Ўқилди 8813 YCHL. "Atletiko" – "Man Yunayted" va boshqa uchrashuvlari start oldi (onlayn hisob) |
![]() | 11.10.2026 02:08 Ўқилди 8458 PSJ "Le-Man"ni mag'lub etdi |
![]() | 14.10.2026 19:16 Ўқилди 6446 Birodar Abduraimov va To'lagan Isoqov vorislari” metodik qo'llanmasi taqdimoti o'tkazildi |
![]() | 11.10.2026 21:08 Ўқилди 5724 Brendan Rojers: "Paxtakor"ga imkon qadar muammo tug'dirishga harakat qilamiz" |
![]() | 15.10.2026 00:00 Ўқилди 5614 LIVE. YCHL. "Manchester Siti" - PSJ 0:0 (matnli translyatsiya) |
Реклама
Сайт хақида