Alisher Usmonov "Everton"ga qaytish va klubga katta sarmoya kiritishga urinmoqda
17.10.2026 00:32 Ўқилди: 373
Bu haqda jurnalist Alan Breyzil o'z manbalariga tayanib xabar berdi.
"Buni tasdiqlay olmayman, ammo Usmonov "Everton"ga qaytishga harakat qilayotgani haqida ma'lumot oldim. Uning juda-juda katta mablag'i bor. Chamasi, janob Usmonov imkoni bo'lsa, "Everton"ga qaytib, klubga salmoqli sarmoya kiritishga urinmoqda", - deya Breyzilning so'zlarini keltiradi talkSPORT.
"Forbes" ma'lumotlariga ko'ra, Usmonovning boyligi 12,5 milliard evroga baholanadi. "Everton" 2022 yil mart oyida biznesmenga tegishli kompaniyalar bilan tuzilgan homiylik shartnomalarini to'xtatgan edi.
Avvalroq Usmonov Yevropa Ittifoqining sankciyalar ro'yxatidan chiqarilgan. Biroq Buyuk Britaniyada unga nisbatan kirish taqiqi va aktivlarini muzlatish choralari hanuz kuchda qolmoqda.