
- O'yin haqida fikringiz?
- Yaxshi raqibga qarshi qiyin uchrashuvni o'tkazdik. "So'g'diyona" o'z stadionida yaxshi o'yin namoyish etishini bilardik. Asosiy e'tiborni himoyaga qaratishimizga to'g'ri keldi. Birinchi taymda negadir o'z o'yinimizni ko'rsata olmadik, buning ustiga gol o'tkazib yubordik. Ikkinchi bo'limda o'ylaymanki, o'zimizga kelib oldik. Vaziyatlar bo'ldi, hisobni ertaroq tenglashtirishimiz mumkin edi. Asosan qanotlar orqali hujum qildik, hushyorlikni qo'ldan chiqarmaslikka intildik. Bahs oxirida standart vaziyatga ega bo'lib hisobni tenglashtirdik. Muhimi, mag'lubiyatga uchramadik, qo'lga kiritilgan bir ochko qanchalik foyda keltirishini keyingi o'yinlarda ko'ramiz.
- Sardor Rahmonov almashtirilishi jarohat bilan bog'liq bo'ldimi?
- Ha, shunday. U jarohat oldi va o'yinni davom ettira olmasligini ko'rdik. Jarohat qanchalik jiddiyligini shifokorlar xulosasidan so'ng bilamiz.
- Katta ehtimol Rahmonov keyingi o'yinda maydonga tushmaydi. Agar u yana maydonga qaytsa, himoya markazida kim o'ynaydi?
- Ko'ramiz. Avval Sardor Rahmonov safimizga qaytsin. U tajribali futbolchi, yuqori ligada ko'p o'yinlarni o'tkazgan. Unda yetakchilik xususiyatlari kuchli.
- Matiya Krivokapich zaxiradan tushdi va ko'rinib turibdiki, u yaxshi sport formasida emas. U og'ir harakat qildi, kurashlarni yutqazdi. Lekin gol urib hisobni tenglashtirdi. Bu futbolchi qachon yaxshi sport formasiga kiradi?
- Matiya deyarli ikki oyni o'tkazib yubordi. Shu bois hozir optimal formada emas. Muzaffar Olimjonov bilan Narimon Ahmadjonov ham bir qancha muddat o'ynamadi. Faqat o'yin orqali futbolchilar sport formasiga kirib boradi. Shuningdek, mashg'ulotlar jarayoni ham muhim o'rin tutadi.
- Bugun gol urgan Samandar Mavlonqulov birinchi davrani "Bunyodkor"da o'tkazgandi. Bugun esa o'zining sobiq jamoasiga to'p kiritdi.
- Har bir futbolchi maydonga tushib o'zini ko'rsatishga harakat qiladi. Bu normal holat. O'z navbatida men Jizzaxda ishlaganman, lekin bugun yutishni xohlagandik. Futbol shunisi bilan qiziq. Biz har bir bahsga jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz.
![]() | 15.10.2026 00:08 Ўқилди 34782 "Roma" - "Real" LIVE |
![]() | 12.10.2026 23:24 Ўқилди 21151 Elit OCHL. Hamrobekovning "Traktori" durang o'ynadi, "Al Ahli" BAAda 3 ta gol urdi |
![]() | 13.10.2026 02:16 Ўқилди 13742 Elit OCHL. "Neftchi" mehmonda "Al Nassr"ga mag'lub bo'ldi |
![]() | 12.10.2026 19:56 Ўқилди 12207 Zayniddin Tojiev: "O'yin yangi stadionda o'tkazilgani muxlislarga ham maqul keldi" |
![]() | 14.10.2026 00:32 Ўқилди 10409 Mustaqil futbol regulyatori: aksariyat ingliz klublari moliyaviy inqiroz yoqasida turibdi |
![]() | 14.10.2026 00:08 Ўқилди 8813 YCHL. "Atletiko" – "Man Yunayted" va boshqa uchrashuvlari start oldi (onlayn hisob) |
![]() | 11.10.2026 02:08 Ўқилди 8458 PSJ "Le-Man"ni mag'lub etdi |
![]() | 14.10.2026 19:16 Ўқилди 6446 Birodar Abduraimov va To'lagan Isoqov vorislari” metodik qo'llanmasi taqdimoti o'tkazildi |
![]() | 11.10.2026 21:08 Ўқилди 5724 Brendan Rojers: "Paxtakor"ga imkon qadar muammo tug'dirishga harakat qilamiz" |
![]() | 15.10.2026 00:00 Ўқилди 5614 LIVE. YCHL. "Manchester Siti" - PSJ 0:0 (matnli translyatsiya) |
Реклама
Сайт хақида