
"Yaxshi, tomoshabop va ko'plab yakkakurashlarga boy o'yin bo'ldi. Hech kim yutqazishni xohlamadi. Ikkala darvoza oldida ham etarlicha golli vaziyatlar yuzaga keldi. Birinchi bo'limda raqibning qarshi hujumini o'tkazib yubordik va o'z darvozamizdan gol olib chiqdik. Aslida yigitlarni bunga, tezkor hujumchilarning bo'sh zonalarga kirib borishiga tayyorlagan edik, ammo, afsuski, bitta qarshi hujumni o'tkazib yubordik. Raqibda markaziy himoyachilarimiz orasidan yorib kirish orqali yana boshqa vaziyatlar ham bo'ldi. Lekin yigitlar birinchi bo'limdayoq hisobni tenglashtirishdi. Afsuski, VAR bu golni bekor qildi. O'ylaymanki, 1:1 hisobida ikkinchi bo'limdagi o'yin kartinasi biroz boshqacha bo'lardi.
Ikkinchi bo'limda yaratilgan vaziyatlar bo'yicha raqibdan ustun keldik. Birinchi bo'limda ham imkoniyatlar bo'lgandi ammo, ularni mantiqiy yakuniga etkazmadik. Darvozaga zarba bermadik, xavf solmadik, to'pni oshirmadik va uzatmadik. Biz go'yoki to'pni darvozaga kiritib qo'ymoqchi edik. Ikkinchi bo'limda hujumda to'g'riroq o'yin namoyish etdik: havodan uzatmalar, to'p oshirishlar qildik. Shuning natijasida penalti ishladik va gol yuzaga keldi. O'yin oxirida ham vaziyatlar bo'ldi. Aytganimdek, hech kim yon berishni xohlamadi. O'yin ochiq kurashlar ostida kechdi: goh u yoqqa, goh bu yoqqa hujumlar. Bizning ikkita markaziy himoyachimiz va ularning... har biri yutishni xohladi, shuning uchun hech kimga, hatto savol ham yo'q. Ehtimol, yakunga ko'ra biz g'alabaga loyiq edik, lekin futbolda natija muhim.
Men yaqin sharqda ko'p bo'lganman. Iqlim yoqimli emas, o'tgan o'yinda bizga aynan tetiklik yetishmadi. Bugungi o'yinga kelsak, tribunadan qanday ko'ringanini bilmayman, lekin zaxira o'rindig'ida bu asablarni egovlovchi o'yin bo'ldi. Juda ko'p xavfli vaziyatlar sodir bo'ldi. Raqibning hujumchilari juda sifatli va agar ular faqat bitta gol urgan ekan, qaysidir manoda himoyamiz yaxshi o'ynadi.
Zaxiradan maydonga tushgan yigitlar ozgina tezlik qo'shishdi. Chunki qanot o'yinchilari va markaziy hujumchilar charchab qolishgandi. Yangi o'yinchilar tushdi, hujumda biroz boshqacha tezlik paydo bo'ldi. Va bizda ko'proq to'g'ridan-to'g'ri hujumlar, to'p oshirishlar, yirik markaziy hujumchimizga uzatmalar boshlandi. Va asosan, shuning hisobiga biz penalti ishlab oldik va raqib darvozasi oldida xavfli vaziyatlar yaratdik.
Ular 3-5-2 sxemasida o'ynashdi va bu ikki hujumchini zararsizlantirishimiz kerak edi. Biz uchta markaziy himoyachi bilan o'ynashga qaror qildik, chunki "Al Qodsiya" himoyachilar o'rtasidagi bu zonalarga yuqori tezlikda juda zo'r ochiladi. Uzatmalarda tayming juda yaxshi, ular juda xavfli. O'yin davomida nimadir o'zgartirish rejalashtirilmagan edi. O'yin borishiga qarab qaror qabul qildik, bosimni kuchaytirish kerak edi. Puraliganji o'rniga Sardor tushdi va u begona darvoza oldida ko'proq vaziyat yaratish uchun biroz yuqoriroqqa surildi. Yani biz ko'proq hujumkor o'yinga umid qildik. Va oxir-oqibat, hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'lganimiz yaxshi bo'ldi. Baribir biz ko'proq narsaga qodir edik degan tuyg'u bor, hammani birinchi g'alaba bilan xursand qilishimiz mumkin edi, lekin o'xshamadi.
Yaxshi kayfiyat bilan, o'yinga bo'lgan juda katta ishtiyoq bilan keldik. Futbolchilarning doim shunday barqaror o'ynashlarini juda xohlardim. "Barqarorlik - mahorat belgisi" degan ibora bor. Menimcha, har bir o'yinchi o'z maksimumiga ko'tarilishi kerak. Shundagina jamoada ham, har bir o'yinchida ham o'sish bo'ladi. Vaziyatlardan foydalanish borasida ishlayapmiz. O'ylaymanki, yigitlar baribir o'z zimmalariga ko'proq mas'uliyat olishlari, darvozaga ko'proq xavf solishlari, darvoza sari ko'proq zarba berishlari, ko'proq to'p oshirishlari, to'pni jarima maydonchasiga ko'proq etkazib berishlari kerak. Chunki har qanday to'p oshirish, uzatma, zarba - bu raqibga bosim o'tkazadi, darvozabonga, himoyachilarga bosim beradi. Hozir qancha gollar rikoshetlardan, xatolar tufayli urilmoqda. Shuning uchun shunchaki tez-tez zarba berish kerak. Shundagina gollar keladi. Bizda o'yinchilar ko'p, hammaga ishonch bildirish kerak. Chinedu chempionatdagi oxiridan oldingi o'yinda o'ynadi, taxminan 70 daqiqa harakat qildi. Yani biz har doim almashtirib turamiz: biri o'ynaydi, ikkinchisi tushadi. Chunki birinchi navbatda hujumchilarni almashtirish kerak", - deya fikr bildirdi Emiliano Karas.

![]() | 12.10.2026 23:24 Ўқилди 20992 Elit OCHL. Hamrobekovning "Traktori" durang o'ynadi, "Al Ahli" BAAda 3 ta gol urdi |
![]() | 06.10.2026 15:40 Ўқилди 14507 "Messiga gol sovg'a qilmoqchi emasman". Benin terma jamoasi darvozaboni Lionelning Argentina safidagi xayrlashuv o'yini haqida |
![]() | 06.10.2026 01:56 Ўқилди 13755 Italiya terma jamoasi Turkiyani mag'lub etdi |
![]() | 06.10.2026 16:16 Ўқилди 13696 Manchini: "Charchoq sezilib turdi" |
![]() | 12.10.2026 19:56 Ўқилди 12108 Zayniddin Tojiev: "O'yin yangi stadionda o'tkazilgani muxlislarga ham maqul keldi" |
![]() | 06.10.2026 16:40 Ўқилди 8581 Kalafori: "Murabbiy nimani so'rasa, shuni maydonda aks ettirishga harakat qilyapmiz" |
![]() | 11.10.2026 02:08 Ўқилди 8401 PSJ "Le-Man"ni mag'lub etdi |
![]() | 03.10.2026 11:24 Ўқилди 6159 Osiyo o'yinlari. O'zbekiston va Xitoy bronza medallari uchun o'zaro bahs olib borishmoqda (onlayn hisob) |
![]() | 11.10.2026 21:08 Ўқилди 5655 Brendan Rojers: "Paxtakor"ga imkon qadar muammo tug'dirishga harakat qilamiz" |
![]() | 11.10.2026 00:08 Ўқилди 5405 LIVE. La Liga. "Real Madrid" – "Vilyarreal" 0:0 (matnli translyatsiya) |
Реклама
Сайт хақида