Truadagi "Stad de l'Ob" stadionida kechgan bellashuvni Giyom Paradis boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib bordi. Uchrashuv mehmonlarning 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
O'yindagi ilk golni 50-daqiqada "Marsel" yarim himoyachisi Amin Arit kiritdi. 90+8-daqiqada esa Ximad Abdelli penaltini aniq amalga oshirib, yakuniy hisobni o'rnatdi - 2:0.
“Trua” - “Marsel” 0:2
Gollar: Arit 50, Abdelli 90+8.
Fransiya chempionatidagi oltita o'yindan so'ng 6 ochko to'plagan "Marsel" turnir jadvalining 13-pog'onasidan joy oldi. 4 ochkoga ega "Trua" esa 17-o'rinda bormoqda.
Navbatdagi turda "Marsel" 18 oktyabr kuni safarda "Anje" mehmoni bo'ladi. "Trua" esa bir kun oldin o'z maydonida "Lans"ga qarshi kuch sinashadi.