"Yuventus" "Kalyari" bilan o'yinda mag'lubiyatdan qutilib qoldi
12.10.2026 01:48 Ўқилди: 125
Kalyaridagi "Unipol Domus" stadionida kechgan bellashuv Matteo Marchenaro boshchiligidagi hakamlar brigadasi tomonidan boshqarildi. Uchrashuvda 1:1 hisobidagi durang qayd etildi.
O'yindagi hisobni 20-daqiqada "Kalyari" yarim himoyachisi Daniel Maldini ochdi. "Yuventus" hujumchisi Randal Kolo Muani esa 81-daqiqada javob to'pini kiritib, turinliklarni mag'lubiyatdan saqlab qoldi.
“Kalyari” - “Yuventus” 1:1
Gollar: Maldini 20 - Kolo Muani 81.
Ushbu bahsdan so'ng 13 ochko to'plagan "Kalyari" turnir jadvalining 4-pog'onasidan joy oldi. 11 ochkoga ega "Yuventus" esa 6-o'rinda bormoqda. Musobaqa jadvalini 16 ochko jamg'argan Milanning "Inter" klubi boshqarmoqda. Xuddi shuncha ochko to'plagan "Lacio" ikkinchi o'rinni egallab turibdi.
Navbatdagi turda "Kalyari" 19 oktyabr kuni safarda "Monca" mehmoni bo'ladi. "Yuventus" esa 18 oktyabr kuni o'z maydonida "Lacio"ni qabul qiladi.