
Islombek Ismoilov:
- Assalomu alaykum! Ertangi uchrashuvdagi raqibimiz - Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biri bo'lgan "Al Nassr". Ularning tarkibida jahon futbolida o'z o'rniga ega bo'lgan, yuqori saviyali va katta tajribaga ega futbolchilar to'p surishadi.
Albatta, bu biz uchun juda muhim uchrashuvlardan biri. Biz Ar-Riyodga shunchaki maydonga tushib, o'yin o'tkazish uchun emas, balki munosib natijaga erishish maqsadida keldik. Raqibning kuchini yaxshi tushunamiz, shu bilan birga, o'z imkoniyatlarimizga ham ishonamiz.
Ertangi bahsda bor kuchimiz, mahoratimiz va jamoaviy birdamligimizni ishga solamiz. Maydonda oxirigacha kurashib, chiroyli futbol namoyish etish va Farg'ona hamda butun O'zbekiston xalqini xursand qilish uchun harakat qilamiz.
Ikrom Aliboev:
- Assalomu alaykum! Murabbiyimiz takidlaganidek, ertaga Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi maydonga tushamiz. "Al Nassr" nafaqat tarkib jihatidan, balki moliyaviy imkoniyatlari va xalqaro tajribasi bilan ham qitamizning yetakchi klublaridan biri hisoblanadi.
Biz bo'lajak uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. Raqibning kuchli jihatlarini yaxshi bilamiz va o'z imkoniyatlarimizdan kelib chiqib, o'yinga tayyorgarlik olib bordik. Futbolda nomlar va imkoniyatlar muhim, lekin maydonda har bir jamoa o'z o'yini va kurashi bilan natijaga erishadi.
Ertaga bor kuchimizni ishga solib, muxlislarimizni quvontiradigan natijaga erishishga harakat qilamiz. Bizning vazifamiz - maydonda borimizni berish, oxirigacha kurashish. Natija esa, albatta, Allohdan.
Jamoa bosh murabbiyiga berilgan savollar:
- "Al Nassr" jamoasining tarkibi haqida qanday fikrdasiz?
- "Al Nassr" juda kuchli futbolchilardan tarkib topgan jamoa. Ularning individual mahorati va xalqaro tajribasi yuqori ekanini yaxshi bilamiz. Biroq biz ham o'z imkoniyatlarimizga ishonamiz. Ertangi uchrashuvda raqibning kuchli tomonlarini hisobga olgan holda, o'z o'yinimizni namoyish etishga intilamiz. Asosiy maqsadimiz - maydonda munosib kurash olib borish, chiroyli futbol ko'rsatish va ijobiy natijaga erishish.
- Krishtianu Ronalduning o'yinini cheklash uchun alohida taktika ishlab chiqilganmi?
- Krishtianu Ronaldu - jahon futbolining eng yorqin julduzlaridan biri. Uning mahorati, tajribasi va gol urish qobiliyatini alohida takidlash mumkin. Biz unga hurmat bilan qaraymiz va unning imkoniyatlarini yaxshi tushunamiz. Ammo biz faqat Ronalduga qarshi emas, balki butun "Al Nassr" jamoasiga qarshi o'ynaymiz. Shu sababli asosiy e'tiborimiz raqibning umumiy o'yiniga, jamoaviy harakatlariga va maydondagi vaziyatlarga qaratiladi. Biz uchun eng muhimi - intizomli harakat qilish, murabbiylar shtabi belgilagan rejalarga amal qilish va jamoa sifatida o'z imkoniyatlarimizni namoyish etish.
Eslatib o'tamiz, "An-Nasr" - "Neftchi" uchrashuvi 12 oktyabr kuni Ar-Riyod shahridagi "Al-Avval Park" stadionida bo'lib o'tadi.
![]() | 06.10.2026 15:40 Ўқилди 14483 "Messiga gol sovg'a qilmoqchi emasman". Benin terma jamoasi darvozaboni Lionelning Argentina safidagi xayrlashuv o'yini haqida |
![]() | 06.10.2026 01:56 Ўқилди 13731 Italiya terma jamoasi Turkiyani mag'lub etdi |
![]() | 06.10.2026 16:16 Ўқилди 13669 Manchini: "Charchoq sezilib turdi" |
![]() | 06.10.2026 16:40 Ўқилди 8569 Kalafori: "Murabbiy nimani so'rasa, shuni maydonda aks ettirishga harakat qilyapmiz" |
![]() | 11.10.2026 02:08 Ўқилди 8389 PSJ "Le-Man"ni mag'lub etdi |
![]() | 03.10.2026 11:24 Ўқилди 6150 Osiyo o'yinlari. O'zbekiston va Xitoy bronza medallari uchun o'zaro bahs olib borishmoqda (onlayn hisob) |
![]() | 11.10.2026 21:08 Ўқилди 5622 Brendan Rojers: "Paxtakor"ga imkon qadar muammo tug'dirishga harakat qilamiz" |
![]() | 11.10.2026 00:08 Ўқилди 5375 LIVE. La Liga. "Real Madrid" – "Vilyarreal" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 06.10.2026 17:08 Ўқилди 5180 Portugaliya terma jamoasi Ronaldu ketganidan so'ng salkam 2,5 million obunachisini yo'qotdi |
![]() | 07.10.2026 02:16 Ўқилди 4925 Saudiya Arabistoni BAA ustidan g'alaba qozonib, Fors ko'rfazi millatlar kubogini qo'lga kiritdi |
Реклама
Сайт хақида