Redjo-nel-Emiliyadagi "Mapey - Chitta-del-Trikolore" stadionida kechgan bellashuv Franchesko Furno boshchiligidagi hakamlar brigadasi tomonidan boshqarildi. Uchrashuvda 1:1 hisobidagi durang qayd etildi.
O'yindagi hisobni 63-daqiqada "Milan" yarim himoyachisi Adrien Rabo ochdi. Oradan besh daqiqa o'tib "Sassuolo" himoyachisi Kas Odental muvozanatni tikladi.
“Sassuolo” - “Milan” 1:1
Gollar: Odental 68 - Rabo 63.
Ushbu bahsdan so'ng 8 ochko to'plagan "Sassuolo" turnir jadvalining 10-pog'onasidan joy oldi. 12 ochkoga ega "Milan" esa 4-o'rinda bormoqda.
Navbatdagi turda "Sassuolo" 16 oktyabr kuni safarda "Frozinone" mehmoni bo'ladi. "Milan" esa 18 oktyabr kuni o'z maydonida "Atalanta"ni qabul qiladi.