"Liverpul" APLning dastlabki olti turida bor-yo'g'i ikkita g'alabaga erishdi
11.10.2026 22:56 Ўқилди: 667
Mavsumning 6-turidan o'rin olgan bahsda mersisaydliklar o'z maydonida "Manchester Siti"ga yirik hisobda imkoniyatni boy berishdi (0:3). Uchrashuv Liverpuldagi "Enfild" stadionida kechib, bosh hakam sifatida Kris Kavana faoliyat olib bordi.
Joriy mavsumda "Liverpul" faqat "Ipsvich" (2:0) va "Bornmut" (1:0) jamoalarini mag'lub etgan, shuningdek, uch bor durang qayd etgan.
Ushbu o'yindan so'ng 9 ochko to'plagan "Liverpul" Angliya chempionati turnir jadvalida 9-o'rinni egallab turibdi. 18 ochkoga ega "Manchester Siti" esa musobaqa jadvalini boshqarmoqda.
Navbatdagi turda mersisaydliklar "Brentford" bilan kuch sinashadi (17 oktyabr), "shaharliklar" esa "Ipsvich Taun"ga qarshi maydonga tushadi (17 oktyabr).