
- O'yin haqida fikringiz?
- Nima deyishim mumkin, uchrashuvni hamma ko'rdi. Yaxshisi, savollarga o'taylik.
- "Nasaf"ga yutqazish uyatli emas, lekin oxirgi daqiqada gol o'tkazish alamli. "Dinamo" yutishni juda xohlagandi, ammo xatolar mag'lubiyatga olib keldi. Bu haqda nima deysiz?
- Bugun har ikki jamoa g'alabani xohladi. Taktik to'g'ri o'yin ko'rsatishga harakat qildik, chunki "Nasaf" bizning xatomizni kutib turgandi. O'z navbatida biz ham raqibning o'yin uslubini bilardik. Ularning kiritgan goli biz uchun yangilik bo'lmadi. "Nasaf" odatda shunday hujumlar orqali to'p kiritadi. Lekin bizga ikkita xato qimmatga tushdi.
- Bahs oxirida hakamlarga etiroz bildirdingiz.
- Ha, shunday bo'ldi, chunki futbolda qoidalar hamma uchun bir xil bo'lishi kerak. Hakam biz tomonga hamma jarimalarni berdi. Birinchi taymdagi vaziyatni hamma ko'rdi, bu penalti edi. Lekin yangi qoida bor ekan, penalti berishmadi. Agar o'yinchi oldin to'pga, keyin oyoqqa o'ynasa, bu qoida buzilishi - doim shunday bo'lgan. Raqib o'yinchisi futbolchimizga orqadan o'ynayapti, bu penalti. Bizda negadir qoidalar har gal o'zgaradi. Darvozabon o'z jarima maydonchasidan chiqib bemalol kelib gapiryapti, hakam unga "sariq" bermayapti. Bizga esa yil boshida seminarda darvozabon o'z jarima maydonchasida tashqariga chimasligi kerak deb aytishgandi. Qoidalar har kuni o'zgaryapti, biz esa ulgurmay qolyapmiz.
- Aksar jamoalar safarda himoyaviy o'yinni maqul ko'rishadi. Sizda esa bugun jamoangiz ochiq futbolga o'tdi.
- Chunki g'alaba qozonishni xohladik. Durang biz uchun ham, "Nasaf" uchun ham ochko yo'qotish bo'lardi. Afsuski, omad yuz o'girdi. Bir vaziyatda ikki futbolchimiz bitta himoyachiga qarshi chiqdi, to'pni uzatganida olam guliston edi.
- Ancha vaqt o'tib uch nafar futbolchi - Amonov, Hojimirzaev va Abdurahmonovni bir paytda maydonga ko'rdik. Ulardan ikki nafari terma jamoadan qaytgan bo'lsa, Hojimirzaev ikki oylik tanaffusdan so'ng yana maydonga qaytdi. Protokolda hammasi chiroyli, biroq o'yinda ularning bir-birini tushunib harakat qilishi unchalik ko'zga tashlanmadi.
- Ha, shunday bo'ldi. Ikki nafar futbolchimiz kecha terma jamoadan qaytib kelishdi. Men ularni o'yinoldi mashg'ulotda ko'rdim. To'g'ri, birdaniga ulardan zo'r o'yin kutish qiyin, lekin futbolchilarimiz harakat qilishdi. "Nasaf"da ham bungacha ikkita yo'qotish bor edi: darvozabon va massajchi.
![]() | 06.10.2026 15:40 Ўқилди 14432 "Messiga gol sovg'a qilmoqchi emasman". Benin terma jamoasi darvozaboni Lionelning Argentina safidagi xayrlashuv o'yini haqida |
![]() | 30.09.2026 15:16 Ўқилди 14397 Manba: Otabek Shukurov faoliyatini Yevropada davom ettiradi |
![]() | 06.10.2026 01:56 Ўқилди 13674 Italiya terma jamoasi Turkiyani mag'lub etdi |
![]() | 06.10.2026 16:16 Ўқилди 13615 Manchini: "Charchoq sezilib turdi" |
![]() | 30.09.2026 16:56 Ўқилди 11244 Kannavaro: "Abduvohid Ne'matovda jarohat bor" |
![]() | 30.09.2026 15:56 Ўқилди 9629 Jeymi Karrager: "Man Siti"ning sovrinlari bekor qilinishi kerak" |
![]() | 06.10.2026 16:40 Ўқилди 8509 Kalafori: "Murabbiy nimani so'rasa, shuni maydonda aks ettirishga harakat qilyapmiz" |
![]() | 01.10.2026 19:32 Ўқилди 8442 "Barselona" Kunde bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishga tayyor |
![]() | 03.10.2026 11:24 Ўқилди 6132 Osiyo o'yinlari. O'zbekiston va Xitoy bronza medallari uchun o'zaro bahs olib borishmoqda (onlayn hisob) |
![]() | 30.09.2026 17:40 Ўқилди 5895 Fabio Kannavaro: "Kelinglar, futbol atrofidagi narsalar haqida emas, o'yin haqida o'ylaylik. Nima uchun sizni bunday narsalar qiziqtiradi?" |
Реклама
Сайт хақида