“Darvozabon Abduvohid Ne'matovning qo'lida kichik jarohat bor. Jiddiy emas, ammo bu baribir jarohat. Shifokorlarning yakuniy xulosasini kutamiz va ertaga maydonga tushishi yoki tushmasligi bo'yicha qaror qabul qilamiz” - dedi Kannavaro.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston - Suriya bahsi ertaga (1 oktyabr) “Paxtakor” stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv 19:00da start oladi.