
- O'yinni yaxshi boshladik va oxirigacha shunday bo'ldi ham. Uchta gol urdik. Bu g'alaba biz uchun juda muhim edi va buni yigitlar ham tushunib turgandi. Bolalarga rahmat deyman.
- "Paxtakor"ning eng katta muammosi - vaziyatlardan foydalanish. Birinchi bo'limning o'zida jamoa 4ta gol urishi, yakunda hisob 7:1 bo'lishi kerak edi. Balki realizaciya uchun murabbiy olib kelish kerakdir.
- Bu anchadan beri bor muammo. Buning ustida ishlayapmiz. Hudoga shukur, gollar ham urib turibmiz. Barcha o'yinlarda ko'plab vaziyatlar yaratyapmiz.
- Samarqanddagi o'yinda g'alaba qozonilishi kerak bo'lgan paytda 2:2, "Andijon"da ham g'alaba qozonilishi kerak edi. "Lokomotiv" bilan boshqacha o'yin bo'ldi. Muammolar esa hal bo'lmayapti.
- Ishlashda davom etyapmiz. Hozir endi hech kim mutaxassis bizga yordam bera oladi, deb vada bera olmaydi. Bu tomoni ham bor.
- Ayman Hussaynning transferi qanchalik omadli bo'ldi deb hisoblaysiz? Jamoaga undan oldin kelgan Chineduga kamroq o'yin amaliyoti berilmoqda.
- Aymanning ko'proq gol urishini kutgandik. Qizil kartochka ishlab beryapti, gol uryapti, jamoaga yordam bermoqda. Uning transferidan qoniqish hosil qilyapmiz. Chineduning holatiga ham e'tibor beryapmiz. Mashg'ulotlarda ko'proq kim tayyor yoki tayyor emasligini ko'ryapmiz. Hali o'yinlar ko'p. Barchaga amaliyot beramiz.
- "Paxtakor" chempionatda dominant o'yin uslubini tanlaydi. Elit OCHLda esa bazida ikkinchi raqamli bo'lib o'ynash ham kerak bo'ladi. Keyinchalik "Navbahor" bilan o'yin ham bor. Jamoa bu o'yinlarga tayyormi?
- Oldimizda "Al Qodisiya". Bu jamoani oldindan kuzatib boryapmiz. Raqib tarkibida kuchli futbolchilari borligi bizning himoyaviy o'yin ko'rsatamiz, degani emas. Biz o'z maydonimizda o'ynaymiz va uslubni o'zgartirmaymiz.
- Bashar Resan sobiq jamoasi "Persepolis"ga qaytmoqchi ekanligini, kamroq maosh olishga tayyorligi borasida ma'lumotlar tarqalgandi. Bunga qanday munosabat bildirasiz?
- Yo'q. U "Paxtakor"da qoladi va uning klub bilan shartnomasi bor.
![]() | 06.10.2026 15:40 Ўқилди 14432 "Messiga gol sovg'a qilmoqchi emasman". Benin terma jamoasi darvozaboni Lionelning Argentina safidagi xayrlashuv o'yini haqida |
![]() | 30.09.2026 15:16 Ўқилди 14397 Manba: Otabek Shukurov faoliyatini Yevropada davom ettiradi |
![]() | 06.10.2026 01:56 Ўқилди 13674 Italiya terma jamoasi Turkiyani mag'lub etdi |
![]() | 06.10.2026 16:16 Ўқилди 13615 Manchini: "Charchoq sezilib turdi" |
![]() | 30.09.2026 16:56 Ўқилди 11244 Kannavaro: "Abduvohid Ne'matovda jarohat bor" |
![]() | 30.09.2026 15:56 Ўқилди 9629 Jeymi Karrager: "Man Siti"ning sovrinlari bekor qilinishi kerak" |
![]() | 06.10.2026 16:40 Ўқилди 8509 Kalafori: "Murabbiy nimani so'rasa, shuni maydonda aks ettirishga harakat qilyapmiz" |
![]() | 01.10.2026 19:32 Ўқилди 8442 "Barselona" Kunde bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishga tayyor |
![]() | 03.10.2026 11:24 Ўқилди 6132 Osiyo o'yinlari. O'zbekiston va Xitoy bronza medallari uchun o'zaro bahs olib borishmoqda (onlayn hisob) |
![]() | 30.09.2026 17:40 Ўқилди 5895 Fabio Kannavaro: "Kelinglar, futbol atrofidagi narsalar haqida emas, o'yin haqida o'ylaylik. Nima uchun sizni bunday narsalar qiziqtiradi?" |
Реклама
Сайт хақида