Yildizning transfer summasi "Arsenal"ga qanchaga tushishi mumkin?
08.10.2026 23:56 Ўқилди: 415
Biroq turinliklar kelasi transfer oynasida futbolchini sotishga tayyor yoki tayyor emasligi hozircha noma'lum.
Italiyalik jurnalist Janluka Di Marcioning takidlashicha, "Yuventus" Yildizni sotishga qaror qilsa, futbolchi uchun kamida to'qqiz xonali summa talab qiladi.
"Agar "Yuventus" uni sotsa ham, albatta, juda katta summa evaziga sotadi. Bu 110 yoki 120 million evro emas, balki 150 million evroga yaqin bo'ladi.
Agar men 100 million evrodan ortiq summaga aniq sotilishi mumkin bo'lgan bitta futbolchini tanlashim kerak bo'lsa, bu “Yuventus”dan Yildiz bo'lardi", - dedi Di Marcio Goal nashriga.
Yildizning "Yuventus" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 75 million evro deb baholamoqda.