
"Bu o'yinga tayyorgarlik jarayonida raqibni o'rganib chiqqanimiz hisobiga yirik hisobdagi natijaga erishdik. Albatta, oxirida bo'shashdik. Yakunda darvozamizdan to'p olib chiqdik. Umuman olganda futbolchilarga katta rahmat aytaman", - deydi Ixtiyor Karimov.
- O'zgarishlar qay darajada naf berdi?
- Savolingizga umumiy qilib javob beraman. Bu yerda o'yinchini almashtirayotgan vaqtimizda o'rtada o'yin amaliyotiga ega bo'lmagan futbolchilarni qo'yishga majbur bo'ldik, chunki keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'rishni boshladik. G'anisher yomon harakat qilmadi, faqat biroz shoshildi. O'z imkoniyatlaridan foydalana olmadi. Bu taktik o'zgarish edi.
- "Sho'rtan"ning "Aral"ga yetib olish imkoniyatlari qanday?
- Og'ir vaziyat deb bo'lmaydi. Avvalo o'z o'yinlarimizda yaxshi natijaga erishishimiz kerak. Buni vaqt ko'rsatadi, balki "Aral"ga yetib olarmiz.
- Ikkita bo'limda jamoa ikki xil o'yin ko'rsatganini qanday izohlaysiz?
- Biz bu raqibga jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. 2:0 dan keyin har qanday jamoa extiyotkor futbol o'ynaydi. 3:0 dan so'ng tempni tushirdik va sekin harakat qildik. Boshqa poziciyadagi futbolchilarni o'rtaga o'tkazganimizdan so'ng asabiylik kuzatildi.
- Keyingi mavsumda rahbariyat sizga imkon bersa qabul qilasizmi?
- Imkoniyat berilsa bemalol ishlayveraman. Birinchi o'rinda o'zimni tayyor deb bilsam ishlashim mumkin.
![]() | 29.09.2026 01:56 Ўқилди 15537 Shvetsiya terma jamoasi Polshani mag'lub etdi |
![]() | 06.10.2026 15:40 Ўқилди 14357 "Messiga gol sovg'a qilmoqchi emasman". Benin terma jamoasi darvozaboni Lionelning Argentina safidagi xayrlashuv o'yini haqida |
![]() | 30.09.2026 15:16 Ўқилди 14355 Manba: Otabek Shukurov faoliyatini Yevropada davom ettiradi |
![]() | 06.10.2026 01:56 Ўқилди 13614 Italiya terma jamoasi Turkiyani mag'lub etdi |
![]() | 06.10.2026 16:16 Ўқилди 13561 Manchini: "Charchoq sezilib turdi" |
![]() | 30.09.2026 16:56 Ўқилди 11217 Kannavaro: "Abduvohid Ne'matovda jarohat bor" |
![]() | 30.09.2026 15:56 Ўқилди 9611 Jeymi Karrager: "Man Siti"ning sovrinlari bekor qilinishi kerak" |
![]() | 06.10.2026 16:40 Ўқилди 8464 Kalafori: "Murabbiy nimani so'rasa, shuni maydonda aks ettirishga harakat qilyapmiz" |
![]() | 01.10.2026 19:32 Ўқилди 8424 "Barselona" Kunde bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishga tayyor |
![]() | 28.09.2026 23:48 Ўқилди 6741 Britaniyalik deputat Korbin "Man Siti"ni APLdan chiqarib yuborishga chaqirdi |
Реклама
Сайт хақида