
- Farhod aka, bugungi o'yin haqida o'z fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz...
- Bugun og'ir o'yin bo'ldi. O'ylaymanki, durang adolatli bo'ldi, chunki ikkala jamoada ham vaziyatlar bo'ldi. Teng o'yinga guvoh bo'ldik. Jamoamiz FIFA kunlaridan va tanaffusdan keyingi birinchi o'yinlarni yaxshi o'tkaza olmayapti. Bugun ham shunday o'yinga guvoh bo'ldik. Ko'p narsa kutgandik, lekin futbolchilar o'zlarining eng yaxshi sifatlarini ko'rsatib bera olishmadi. Bu futbolchilarda emas, biz murabbiylarning aybi deb o'ylayman, chunki tanaffusdan keyin jamoa yaxshi o'ynay olmayapti. Buni tahlil qilib chiqishimiz va to'g'rilashimiz kerak. Lekin futbolchilarga baribir rahmat, oxirigacha kurashishdi va muhim bo'lgan ochkoni qo'lga kiritdik.
- U-23 terma jamoamiz bilan Osiyo o'yinlarida ishtirok etib qaytgan futbolchilar bor edi - Ro'ziboy Fayzullayev, Bunyodbek Rahimov, Saidxon Hamidovlar. Ularning integraciyasi qanday bo'ldi, tez bo'lib kyetmadimi, har holda deyarli 90 daqiqa o'ynashdi. Xususan, o'zingiz ham murabbiylar shtabida edingiz...
- Ularga to'g'risini aytsam, juda katta rahmat aytaman. Chunki o'zimda ham shu adaptaciyani his qilyapman. O'yin mobaynida o'zim ham yaxshi holatda emas edim, lekin futbolchilar maydonda 94 minut yugurib, o'ynab berishdi. Ular borgan sari professional bo'lib borishmoqda. Quvontiradigani - jarohatlarsiz, yaxshi o'yin o'tkazishdi. Shuning uchun ularga rahmat aytaman.
- Jamoani o'ylantiradigan yana bir masala bor: standart vaziyatlar, ayniqsa jarima zarbalari uch marta tepilgan vaziyatda ham jonli devordan qaytdi. Bu borada biror tayyorlangan futbolchi yo'qmi yoki ishlanmalar etarlicha emasmi?
- Bu nozik narsa, baribir futbolchining mahoratiga bog'liq. O'z-o'zidan kelib qolmaydi, buning uchun juda ham ko'p mashg'ulot qilish kerak, shunda bu “avtomat” darajasiga chiqadi. Lekin baribir futbolchining o'ziga ko'p narsa bog'liq.
- Bilamizki, "Olimpik MobiUz"ning qoldirilgan o'yinlari bor. Ularni to'ldirish qanday rejalashtirilgan?
- Har 3-4 kunda o'yinlar qo'yilgan. Bu PFLning aybi emas, bu o'zimizning holatimiz, chunki biz ikkita musobaqada qatnashishga majburmiz - ham terma jamoa, ham chempionatda. Biz uchun terma jamoa ham, futbolchilar ham barcha narsadan muhim. O'ylaymanki, 3-4 kunda o'ynab, vaziyatdan hech qanday muammosiz chiqib ketamiz.
- Kubok o'yinida o'zingiz bevosita ishtirok eta olmadingiz. Futbolchilarga qanday baho berardingiz, "Andijon"ni yaxshigina qiynab qo'yishdi?
- Kubok o'yinida onlayn tarzda murabbiylar bilan aloqada bo'lib turganmiz. Har bir vaziyat va epizodda birga edik, onlayn gaplashib turganman. Ungacha bo'lgan jarayonda ham tayyorgarlik darajasi juda yuqori bo'lgan. Lekin baribir "Andijon"ni yutib, keyingi bosqichga chiqishni murabbiylar shtabi bilan juda xohlagandik. Ko'rib turganingizdek omadimiz kelmadi, "Andijon" keyingi bosqichga chiqdi. Lekin yigitlar yaxshi o'ynashdi, oxirigacha kurashishdi. "Andijon"ning muxlislari bor, qo'rquv va bosim ularga ta’sir qilmadi, yaxshi o'yin ko'rsatishdi.
![]() | 29.09.2026 01:56 Ўқилди 15537 Shvetsiya terma jamoasi Polshani mag'lub etdi |
![]() | 06.10.2026 15:40 Ўқилди 14357 "Messiga gol sovg'a qilmoqchi emasman". Benin terma jamoasi darvozaboni Lionelning Argentina safidagi xayrlashuv o'yini haqida |
![]() | 30.09.2026 15:16 Ўқилди 14355 Manba: Otabek Shukurov faoliyatini Yevropada davom ettiradi |
![]() | 06.10.2026 01:56 Ўқилди 13614 Italiya terma jamoasi Turkiyani mag'lub etdi |
![]() | 06.10.2026 16:16 Ўқилди 13561 Manchini: "Charchoq sezilib turdi" |
![]() | 30.09.2026 16:56 Ўқилди 11217 Kannavaro: "Abduvohid Ne'matovda jarohat bor" |
![]() | 30.09.2026 15:56 Ўқилди 9611 Jeymi Karrager: "Man Siti"ning sovrinlari bekor qilinishi kerak" |
![]() | 06.10.2026 16:40 Ўқилди 8464 Kalafori: "Murabbiy nimani so'rasa, shuni maydonda aks ettirishga harakat qilyapmiz" |
![]() | 01.10.2026 19:32 Ўқилди 8424 "Barselona" Kunde bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishga tayyor |
![]() | 28.09.2026 23:48 Ўқилди 6741 Britaniyalik deputat Korbin "Man Siti"ni APLdan chiqarib yuborishga chaqirdi |
Реклама
Сайт хақида