Jamoliddin Rahmatullaev: "O'yin startida biroz qiynaldik, keyin esa uchrashuv nazoratini qo'lga oldik. Raqib o'z imkoniyatlaridan foydalanib ketdi"
07.10.2026 02:08 Ўқилди: 81
"Raqib kuchli edi. O'yin kurashlarga boy bo'ldi. O'yin startida biroz qiynaldik, keyin esa uchrashuv nazoratini qo'lga oldik. Shunchaki, vaziyatlarni golga aylantira olmadik. Ikkinchi bo'limni ham yomon boshlamagandik. Ikkita vaziyatda raqib imkoniyatdan foydalandi. Keyin hujumga chiqishga majbur bo'ldik. Zaxira o'yinchilari o'yinni kuchaytirishdi. Uchrashuv oxirida farqni qisqartirdik, lekin vaqt yetmadi.
Kunora o'yin, qayta tiklanish qiyin. Shunga o'zgarishlar ko'p qildik. Jahon chempionatiga qadar Osiyo kubogi bor, bu turnirga tayyorgarlik doirasida uzoq yillik reja, yani Jahon chempionatiga ham tayyorlanmoqdamiz. Jahon chempionati darajasidagi raqiblar bilan o'rtoqlik o'yinlari o'tkazishga maksimal harakat qilmoqdamiz" – dedi Jamoliddin Rahmatullaev.