O'zbekistonlik hakamlar boshqargan uchrashuvda Hindiston Urugvayga yirik hisobda yutqazdi
07.10.2026 00:48 Ўқилди: 702
Urugvay terma jamoasi o'rtoqlik uchrashuvida Hindiston terma jamoasi ustidan 6:1 hisobida yirik g'alabaga erishdi. O'yin Kalkutta (Hindiston) shahrida bo'lib o'tdi. Uchrashuvni o'zbekistonlik hakamlar, Ilgiz Tantashev boshchiligidagi brigada boshqarib bordi.
Mehmonlar safida Maksimiliano Arauxo (dubl), Darvin Nunes (penalti), Rodrigo Salazar, Xuan-Manuel Sanabriya va Rodrigo Agirre to'p kiritdi. Mezbonlardan esa Anirudx Txapa o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi.