
Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasida ro'y bergan voqealar bo'yicha o'z nuqtayi nazarini bildirdi.
Eslatib o'tamiz, 41 yoshli futbolchi bosh murabbiy Jorje Jezush 27 sentyabr kuni Millatlar ligasi doirasida Norvegiyaga qarshi o'yinda uni maydonga tushirmaslikka qaror qilganidan so'ng Portugaliya terma jamoasi ixtiyorini tark etgan edi. Hujumchining boshqa terma jamoada o'ynamaslikka qaror qilgani xabar qilingandi.
Vada berganimdek, milliy terma jamoa tarixidagi so'nggi bosqich bilan bog'liq vaziyatni birinchi shaxs nomidan, ochiq-oydin aytib berishga qaror qildim.
2026-yilgi jahon chempionatidan so'ng men Portugaliya xalqiga atab xat yozgandim va uni hamon saqlab kelaman. Unda terma jamoamizni butunlay tark etgan chog'imda yurtdoshlarimga aytmoqchi bo'lgan so'zlarim bitilgan edi. Turnir yakunlanib, AQSHdan ortga qaytayotgan parvoz paytida Portugaliya futbol federatsiyasi prezidenti mendan terma jamoadan ketish qarorimni qayta ko'rib chiqishimni qatiy iltimos qildi, chunki Federatsiya faoliyatimni milliy jamoada davom ettirishimni istayotgan edi.
Shundan so'ng darhol u o'zi ko'rib chiqayotgan terma jamoaning hozirgi murabbiyi nomzodi, shuningdek, menga ismini oshkor qilmagan boshqa nomzodlar haqida fikrimni so'radi. Men Federatsiya prezidentiga bu to'g'ri tanlov ekanini aytdim. Shu bois terma jamoaning amaldagi bosh murabbiyi tanishtirilgan kuni bu tayinlovdan chin dildan xursand bo'ldim. Bu to'g'ri tanlov bo'lganini natijalar ham isbotlab turibdi.
Oradan bir necha kun o'tgach, terma jamoaning yangi murabbiyidan dastlabki xabarni oldim, unda u men bilan shaxsan uchrashmoqchi ekanini ma'lum qilgandi. Men rozi bo'ldim va tatilim yakunida uchrashishga kelishib oldik. Klubim mavsumoldi yig'inlarini o'tkazayotgan terma jamoa bazasida uchrashdik. O'sha kuni murabbiy menga ishonishini va uning loyihasi uchun mening ishtirokim o'ta muhim ahamiyat kasb etishini aytdi.
U o'sha zahotiyoq o'yinlardagi ishtirokim bo'yicha rejani taqdim etdi. U menga birinchi va oxirgi uchrashuvlarda maydonga tushishimni, o'yinchilarning jismoniy holatini asrash maqsadida har doim bitta o'yinda uch-to'rtta almashtirishni amalga oshirishini aytdi. So'ng u menga terma jamoa bilan birga Norvegiya va Daniyaga bormaslikni taklif qildi. Dastlabki bahsni o'tkazib, Portugaliyada qolishimni, keyin esa Dragau stadionidagi [Norvegiyaga qarshi] o'yindan oldin jamoaga qo'shilishimni aytdi.
Men bu taklifni o'sha zahotiyoq rad etdim. Uni qabul qila olmasligim o'z-o'zidan tushunarli edi. Safardagi o'yinlarda qatnashmasligim jamoa sardori bo'lishdan to'xtaganman degani emas. Portugaliyada qolish kabi imtiyoz esa yaxshi o'rnak bo'lmas edi. Yakunda murabbiy bu mulohazamga qo'shildi.
Ushbu suhbatda An-Nasr klubining sport direktori, terma jamoaning hozirgi murabbiyi butun o'tgan mavsum davomida unga bo'ysungan va 2025 yilda u bilan shartnoma imzolashga mas'ul bo'lganlardan biri Simau Koutinyu ham ishtirok etdi.
Yig'in arafasida murabbiy o'z tashabbusini yana bir bor muhokama qilish uchun Lissabondagi uyimga keldi. Suhbat osoyishta kechdi va avgust oyida kelishib olgan barcha tamoyillarimiz tasdiqlandi.
Men Alvaladedagi [Uelsga qarshi] bahsda maydonga tushdim va zaxiraga olingan bo'lsam-da, jamoaga hech qanday noqulaylik tug'dirmadim. Terma jamoa sportchisi va sardori sifatida so'nggi qadamlarimni tashlayotganimni xayolimga ham keltirmagan holda sardorlik bog'ichini shaxsan Brunu Fernandeshning qo'liga taqib qo'ydim. O'sha kuni men uchun eng muhimi g'alabamiz edi. G'alaba doimo quvonarli, ayniqsa Portugaliya - o'z vatanim uchun.
Norvegiya bilan o'yin kuni, tushlik paytida, murabbiy yordamchisi stolimizga kelib, murabbiy men bilan gaplashmoqchi ekanini bildirdi. Kutilmaganda murabbiy mendan 30 daqiqa o'ynay olish-olmasligimni so'radi. Holbuki, men butunlay jismoniy tiklanishga diqqatimni qaratgan, odatdagidek jamoadoshlarim bilan suhbatlashib o'tirgan va o'sha kuni maydonga tushmayman deb hisoblagan edim.
Hech qisi yo'q, dedim. Garchi bu iltimos jismoniy tiklanish va mashg'ulotlar rejamga to'g'ri kelmasa-da - axir men faqat 4-sanada Dragau stadionida o'ynashim kerak edi - men, albatta, rozi bo'ldim. Murabbiy 30 daqiqa o'ynashim kerakligini va tayyor turishim lozimligini aytdi. Qolgani esa endi tarix. Tanaffusdan so'ng chigalyozdi mashqlarini bajardim, daqiqalar o'tib borayotganini kuzatdim, ammo meni baribir maydonga tushirishmadi. Murabbiy bergan vadasini buzdi, - dedi Ronaldu.
![]() | 29.09.2026 01:56 Ўқилди 15513 Shvetsiya terma jamoasi Polshani mag'lub etdi |
![]() | 06.10.2026 15:40 Ўқилди 14321 "Messiga gol sovg'a qilmoqchi emasman". Benin terma jamoasi darvozaboni Lionelning Argentina safidagi xayrlashuv o'yini haqida |
![]() | 30.09.2026 15:16 Ўқилди 14316 Manba: Otabek Shukurov faoliyatini Yevropada davom ettiradi |
![]() | 06.10.2026 01:56 Ўқилди 13572 Italiya terma jamoasi Turkiyani mag'lub etdi |
![]() | 06.10.2026 16:16 Ўқилди 13540 Manchini: "Charchoq sezilib turdi" |
![]() | 30.09.2026 16:56 Ўқилди 11199 Kannavaro: "Abduvohid Ne'matovda jarohat bor" |
![]() | 30.09.2026 15:56 Ўқилди 9590 Jeymi Karrager: "Man Siti"ning sovrinlari bekor qilinishi kerak" |
![]() | 06.10.2026 16:40 Ўқилди 8449 Kalafori: "Murabbiy nimani so'rasa, shuni maydonda aks ettirishga harakat qilyapmiz" |
![]() | 01.10.2026 19:32 Ўқилди 8406 "Barselona" Kunde bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishga tayyor |
![]() | 28.09.2026 23:48 Ўқилди 6726 Britaniyalik deputat Korbin "Man Siti"ni APLdan chiqarib yuborishga chaqirdi |
Реклама
Сайт хақида