Sohil futboli bo'yicha Osiyo Kubogiga qur'a tashlandi: O'zbekiston ikki karra chempion bilan bilan bir guruhda
10.09.2026 14:24 Ўқилди: 420
Qur'aga ko'ra, 12 ta jamoa uch guruhga bo'lindi.
"A" guruhida mezbon Tailand musobaqaning uch karra g'olibi Yaponiya, 2006 yilgi chempion Bahrayn hamda Iroq bilan kurash olib boradi.
Rekord darajadagi beshinchi sovrinni maqsad qilgan Eron "B" guruhidan joy oldi va u yerda Livan, Vetnam hamda Afg'oniston bilan to'qnash keladi.
"C" guruhida esa O'zbekiston 2015 yilgi chempion O'mon, ikki karra (2007, 2008) g'olib Birlashgan Arab Amirliklari va Saudiya Arabistoni o'zaro kuch sinashadi.
Har bir guruhning g'olib va ikkinchi o'rin egalari, shuningdek, uchinchi o'rinni egallagan eng yaxshi ikkita jamoa chorak finalga yo'l oladi.
Musobaqaning 12-mavsumi 2026 yilning 18–28 noyabr kunlari Pxangnga provinciyasida bo'lib o'tadi.