
Championat.asia sayti turning eng yaxshilarini aniqladi.
Tur murabbiyi - Jamoliddin Rahmatullaev (“Respublika FA”)
Jamoliddin Rahmatullaev jamoasi mehmonda “Kattaqo'rg'on”ni taslim qildi va muhim 3 ochkoga ega chiqib, Proliga jadvalida xavfli hududdan uzoqlashdi.

Tur futbolchisi - Ibrohim Akbarov (“Respublika FA”)
Ibrohim Akbarov muhim g'alaba qayd etilgan bahsda jamoasining muvaffaqiyatiga katta hissa qo'shdi. Akbarovning dubli evaziga “Respublika FA” o'z hisobiga 3 ochko yozdirib qo'ydi.

Tur darvozaboni - Mohir Komilov (“Metallurg”)
“Metallurg” posboni Mohir Komilov “Paxtakor FJ”ga qarshi uchrashuvda darvozasini “quruq” saqladi. U o'yin davomida ikkita seyv ijro etishga erishdi. “Darvozabon - yarim jamoa” iborasi shu bahsda isbotlandi.

Tur goli - Sirojiddin Qo'ziev (“Sho'rtan”)
Tur goli bu safar “Sho'rtan” vakili Sirojiddin Qo'zievga nasib etdi. Qo'ziev 25-26 metr uzoqlikdan chap oyoqda chiroyli gol urishga muvaffaq bo'ldi va jamoasining yirik (4:1) hisobdagi g'alabasiga o'z hissasini qo'shdi.

![]() | 08.09.2026 23:56 Ўқилди 23455 LIVE. YCHL. "Real Madrid" - "Inter" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 08.09.2026 01:56 Ўқилди 17752 "Al Hilol" Saudiya ligasida 47 ta o'yindan keyin ilk marta mag'lubiyatga uchradi |
![]() | 01.09.2026 02:40 Ўқилди 17722 "Barselona" 7 ta gol urilgan o'yinda "Rayo Valekano"ni mag'lub etdi va La Liga jadvalida peshqadamga aylandi |
![]() | 02.09.2026 01:16 Ўқилди 6760 "Man Siti" "Everton" vingeri Ndiayni 60+5 mln funtga sotib oldi |
![]() | 09.09.2026 00:40 Ўқилди 5466 Figu "Inter"ga qarshi o'yin oldidan Mbappega YCHL "Oltin butsa"sini topshirdi |
![]() | 09.09.2026 01:16 Ўқилди 5455 Mbappe "Real" tarkibida YCHLda 26 ta o'yinda 23 ta gol urdi |
![]() | 30.08.2026 19:56 Ўқилди 5130 O'zbekiston kubogi. "So'g'diyona" "Jayxun"dan ustun keldi |
![]() | 01.09.2026 00:32 Ўқилди 5062 "Roma" Seriya A 2-turidan o'rin olgan o'yinda "Lechche"ni tor-mor etdi |
![]() | 01.09.2026 01:08 Ўқилди 4774 FIFA Infantinoning imijini yaxshilash uchun 2,5 mln evrodan ortiq mablag' sarflaydi |
![]() | 05.09.2026 23:24 Ўқилди 4481 Bundesliga. Yetakchilarda inqiroz davom etadi – "Bavariya" mehmonda "Shalke 04"ni yuta olmadi |
Реклама
Сайт хақида