
- Saralash o'yinlari qanday o'tdi? Raqiblarning darajasi, o'yinlarning murakkabligi haqida nima deya olasiz?
- Saralash bahslari kutganimizdek ancha murakkab kechdi. Bangladesh, Hindiston va Suriya terma jamoalarining salohiyatini yaxshi bilardik, shu bois har bir uchrashuvga alohida puxta tayyorgarlik ko'rdik. Raqiblar darajasiga to'xtaladigan bo'lsam, zamonaviy futbolda endilikda hech bir jamoani autsayder deb bo'lmaydi. Boshqa guruhlardagi natijalarga e'tibor qaratsak, bazi grandlar, jumladan, Avstraliya ham guruhdan chiqa olmaganiga guvoh bo'lamiz.
- Musobaqa davomida darvozamiz daxlsizligini saqlab qoldik (0 ga o'ynadik). Bu ijobiy ko'rsatkich manbai nimada deb o'ylaysiz?
- Menimcha, bu bevosita ahil va jamoaviy o'yin ko'rsatganimiz mahsulidir. Maydonda barchamiz birdek himoyalandik va ahillikda hujumga o'tdik. Intizom hamda birdamlik asosiy omil bo'ldi.
- Ushbu yosh toifasidagi terma jamoamizning shakllanish jarayonini qanday baholaysiz?
- Jamoa juda yaxshi va to'g'ri yo'sinda shakllanmoqda. Muhim omillardan biri - ichimizdagi ajoyib muhit. Mazmunli jamoaviy o'yin ko'rsatish bilan birga, safimizda individual mahorati yuqori bo'lgan futbolchilar ham juda ko'p.
- Yaqinda "Bunyodkor"da murabbiy o'zgardi. Siz aynan Ivan Boshkovich qo'l ostida 4 yil oldin Superligada debyut qilgandingiz...
- Ha, bu futbol, bu yerda hamma narsa sodir bo'lishi mumkin. To'rt yil oldin Boshkovich qo'l ostida debyut qilganimdan so'ng, keyingi yili ham xuddi shunday holat yuz berib, jamoada murabbiy almashgan edi. Futbolchi sifatida bizning vazifamiz - maydonda o'z ishimizni professional darajada davom ettirish.
![]() | 08.09.2026 23:56 Ўқилди 23455 LIVE. YCHL. "Real Madrid" - "Inter" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 08.09.2026 01:56 Ўқилди 17752 "Al Hilol" Saudiya ligasida 47 ta o'yindan keyin ilk marta mag'lubiyatga uchradi |
![]() | 01.09.2026 02:40 Ўқилди 17722 "Barselona" 7 ta gol urilgan o'yinda "Rayo Valekano"ni mag'lub etdi va La Liga jadvalida peshqadamga aylandi |
![]() | 02.09.2026 01:16 Ўқилди 6760 "Man Siti" "Everton" vingeri Ndiayni 60+5 mln funtga sotib oldi |
![]() | 09.09.2026 00:40 Ўқилди 5466 Figu "Inter"ga qarshi o'yin oldidan Mbappega YCHL "Oltin butsa"sini topshirdi |
![]() | 09.09.2026 01:16 Ўқилди 5455 Mbappe "Real" tarkibida YCHLda 26 ta o'yinda 23 ta gol urdi |
![]() | 30.08.2026 19:56 Ўқилди 5130 O'zbekiston kubogi. "So'g'diyona" "Jayxun"dan ustun keldi |
![]() | 01.09.2026 00:32 Ўқилди 5062 "Roma" Seriya A 2-turidan o'rin olgan o'yinda "Lechche"ni tor-mor etdi |
![]() | 01.09.2026 01:08 Ўқилди 4774 FIFA Infantinoning imijini yaxshilash uchun 2,5 mln evrodan ortiq mablag' sarflaydi |
![]() | 05.09.2026 23:24 Ўқилди 4481 Bundesliga. Yetakchilarda inqiroz davom etadi – "Bavariya" mehmonda "Shalke 04"ni yuta olmadi |
Реклама
Сайт хақида