"Manchester Siti" futbolchisi endi Saudiya Arabistoni Pro ligasida o'ynaydi
08.09.2026 12:48 Ўқилди: 1131
19 yoshli fransiyalik futbolchi Saudiya Arabistoni klubi bilan 2029 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi. Transfer summasi rasman ochiqlanmagan. “GiveMeSport” ma'lumotlariga ko'ra, "Manchester Siti" futbolchi uchun taxminan 1 million dollar olgan.
Sangare 2025 yilning yozida PSJdan "Manchester Siti"ga erkin agent sifatida o'tgandi. U ingliz klubining asosiy jamoasida birorta ham o'yin o'tkazmadi.
Sangare Fransiyaning o'smirlar terma jamoalarida to'p tepadi.