
– O'yin haqida fikringiz...
– Butun jamoa muxlislarini g'alaba bilan tabriklayman. Qiyin uchrashuv bo'ldi. Birinchi navbatda, Mustaqillik bayrami bilan barchani muborakbod etaman. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo'lsin. Faqat rivojlanaylik, faqat kuchayyaylik. Bugungi chiroyli g'alaba, o'ylaymanki, o'yinga kelgan muxlislarga bayramga munosib sovg'a bo'ldi.
O'yinga keladigan bo'lsak, qiyin uchrashuv kutayotgan edik. "Nasaf" – yaxshi jamoa va ketma-ket o'yinlar har qanday raqib bilan qiyin kechadi. "Nasaf" chempionatda pastroq o'rinda yurgani uchun, kubok ular uchun so'nggi imkoniyat edi. Shuning uchun uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. Vaqt ularda ham, bizda ham kam bo'ldi. Bugungi o'yinda hayajon yuqori edi, chunki har bir kichkina xato ham qimmatga tushishi mumkinligini bilardik. Balki shu sababli xatolar ko'p bo'lgandir. Qayerdadir o'yin chiqmagandir, lekin chidadik, kutdik, harakat qildik va xudoyimga shukur, oxirida nuqtani qo'ydik.
– "Navbahor" oxirgi o'yinlarda o'zini topib oldi va navbatdagi bosqichga chiqdi. Bazi kuchli jamoalar turnirni tark etdi. Keyingi bosqichda qaysi murabbiy bilan bahslashishni xohlardingiz?
– Bu nasib qilgan narsa. Bir narsani oldindan aytish qiyin. Bugungi uchrashuv yarim finalga teng bo'ldi, chunki kubok uchun kurashadigan ikkita kuchli jamoa to'qnashdi va o'yin darajasi ham shunga mos bo'ldi. "Paxtakor" va "Nasaf"ning bu bosqichda turnirni tark etgani balki biz uchun yoqimli tarafdir, chunki keyinchalik hal qiluvchi pallada ular ishtirok etmaydi. Lekin bu – kubok, har bir jamoa kurashadi. Oldimizda qanday raqib tushishidan qati nazar, maksimal tayyorgarlik ko'rib, g'alaba qozonishga harakat qilamiz. Ko'rib turibsizlar, oson jamoaning o'zi yo'q. Yigitlar har bir o'yinda borini berib harakat qilishyapti va shu ruhda davom etamiz.
– Namangan viloyati hokimi va klub rahbariyati tomonidan oldingizga aniq qanday vazifa qo'yilgan?
– Yo'q, qatiy vazifa qo'yilmagan. Boshida kelish-kelmaslik borasida ikkilangandim. Muxlislar va rahbariyat bilan gaplashdik. Namanganda qanday muxlislik muhiti borligini eskidan bilamiz. Birinchi navbatda, muxlislarni xursand qilish uchun keldim. Bitta muxlisimizni bo'lsa ham xursand qilish men uchun katta baxt. Rahbariyat ham, men ham maksimalistmiz, har bir o'yinda maksimal darajada yutuq uchun kurashamiz. Kubokda ham, chempionatda ham oxirigacha kurash olib boramiz.
– "Navbahor" jamoasida Osiyo Chempionlar ligasi va kubokda qatnashish imkoniyati bor. Kelgusi yil uchun hozirdan ko'z ostiga olib qo'yilgan professional o'yinchilar bormi?
– Birinchi navbatda, bu yil sovrin yutish nasib qilsin. Kelasi yilgi Chempionlar ligasi haqida gapiradigan bo'lsak, muxlislar bunday o'yinlarni ko'rishga haqli. Lekin biz eyforiyaga berilmasligimiz kerak. Hozircha faqat oldimizdagi raqibni engdik. Dastlab joriy vazifalarimizni bajarib olishimiz lozim. Jamoani kuchaytirish haqida, albatta, o'ylanadi va maqsadli futbolchilar jalb qilinadi. Biroq hozir bu haqda gapirish erta.
– Oxirgi besh o'yinda raqiblar tepgan 9 ta aniq zarbadan 4 tasi gol bilan yakunlandi. Raqibning deyarli har ikkinchi aniq zarbasi gol bo'layotgan bunday noodatiy statistika himoya chizig'i va darvozabon o'rtasidagi kommunikaciyada kamchiliklar bilan bog'liq emasmi?
– Muammolar va kamchiliklar har doim uchraydi. Biz buning ustida ishlayapmiz. O'yindan-o'yinga kuchayib boryapmiz va deyarli gol o'tkazmayapmiz. Yangi jamoa tuzilganda, o'yinchilar bir-birini tushunishi va ishonch hosil qilishi uchun vaqt talab etiladi. Jamoaning 90 foizi yangi futbolchilardan iborat. Xatolar uchrab turadi. Bizning ishimiz shularni tahlil qilib, to'g'irlash. Jamoaning dinamikasi va bir-birini tushunish jihatini murabbiy sifatida yaxshi shakllantiryapmiz. Zaxiradan maydonga tushganlar o'yinni qanday kuchaytirishini ham tahlil qilyapmiz. Qarshimizda qanday raqib uchrashidan qati nazar, kuchimiz etadi.
– Yaqinda Namanganda "Ayaks" akademiyasi ochildi. Bu loyihadan qanday umidlar bor?
– Bu juda ajoyib loyiha. Uning Namangan viloyatida ochilishi mahalliy futbol rivojiga xizmat qiladi. U erga kelgan mutaxassislar, albatta, o'z mevasini beradi. Vaqt o'tishi bilan buning ijobiy ta’sirini ko'ramiz. Eng asosiysi, akademiya va maydonlarning qurilishi – futbol infratuzilmasi uchun katta zamin. Hozirgi kunda futbolimizdagi kamchiliklardan biri – maydonlar yetishmovchiligi. Qolaversa, bu yoshlar orasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish uchun ham juda foydali. Men bu yangilikni faqat xursandchilik bilan qabul qildim.
![]() | 25.08.2026 02:08 Ўқилди 19019 "Chelsi" Angliya Premer-ligasi 1-tur bahsida "Fulxem"ni mag'lub etdi |
![]() | 30.08.2026 02:40 Ўқилди 9975 La Liga. "Atletiko" mehmonda "Sevilya" darvozasiga uchta to'p kiritdi, Baenadan dubl |
![]() | 29.08.2026 02:16 Ўқилди 5283 “Kuchli beshlik sharhi”: Angliyada grandlar sinovi, Ispaniyada “Real” va “Barsa” poygasi, Bundesligada yangi mavsum |
![]() | 30.08.2026 12:08 Ўқилди 5094 Yan Diomandening "Real"ga transferi madridliklarga 230 million evroga tushadi |
![]() | 30.08.2026 19:56 Ўқилди 4974 O'zbekiston kubogi. "So'g'diyona" "Jayxun"dan ustun keldi |
![]() | 28.08.2026 02:08 Ўқилди 4688 La Liga. "Barselona" o'z uyida "Atletik Bilbao"ni ishonchli hisobda mag'lub etdi |
![]() | 26.08.2026 01:48 Ўқилди 4592 Brunu PFA talqiniga ko'ra APLda yilning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi |
![]() | 22.08.2026 23:56 Ўқилди 4393 A Seriya. "Inter" ilk turda "Monca" darvozasiga 4 ta to'p kiritdi |
![]() | 24.08.2026 19:56 Ўқилди 4275 “Manchester Siti” “Barselona” yarim himoyachisi bo'yicha so'rov yubordi |
![]() | 30.08.2026 10:48 Ўқилди 3913 Islom Ismoilov nima sababdan chet ellik murabbiylar "Neftchi"dan kyetib qolayotganini tushuntirdi |
Реклама
Сайт хақида