Islom Ismoilov nima sababdan chet ellik murabbiylar "Neftchi"dan kyetib qolayotganini tushuntirdi
30.08.2026 10:48 Ўқилди: 3913
Bu borada matbuotda turli gaplar aytildi. Kimdir jamoa ichkaridan boshqariladi dedi, kimdir murabbiy ularni sig'dirmadi dedi. Avvalo chetdan yaxshi murabbiyni jalb qilish oson emas. Ular yaxshi murabbiylar edi, faqat shartnomada qachondir boshqa klublardan taklif tushsa jamoadan ketish bandi bor edi. Ularga chetdan taklif tushgani uchun bizni tark etishdi. Faqat Yurgen Gede oilaviy sabab tufayli xayrlashdi. Albatta, atrofingizda murabbiylar bo'lgani yaxshi, lekin baribir asosiy g'oya bosh murabbiyniki bo'ladi. Ularning o'rniga kim kelsa ham, o'yinimizga ta’sir qilmaydi. Jamoa shaxslarga bog'lanib qolishi kerak emas. Jamoaning o'z falsafasi va g'oyasi bo'lishi kerak. Bu - futbol, kimdir keladi, kimdir ketadi.