
Ushbu bahs sirdaryoliklarning 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
Bugun qiyin o'yin bo'lishini bilardik. Sababi, Surxon jamoasi so'nggi vaqtlarda Superligada ham juda yaxshi o'yin ko'rsatmoqda. Jamoaning so'nggi turlarda hatto Paxtakor maydonidan bir ochko bilan qaytgani ham yuqoridagi fikrimga isbot bo'la oladi.
Termizliklar tarkibida ham taktik, ham texnik jihatdan juda kuchli futbolchilar o'ynashmoqda. Surxon hamisha chiroyli va tomoshabop futbol namoyish etishga intiladigan jamoa. Biz raqibni yaxshi o'rganib chiqdik. Garchi Birinchi liga jamoasi bo'lsak-da, o'zimizning ustun tomonlarimizdan maksimal darajada foydalanishga harakat qildik va yakunda Birinchi liga klublari tarixida birinchi bo'lib O'zbekiston kubogining chorak finaliga chiqqan jamoaga aylandik. Jamoamiz bilan mana shunday ajoyib tarix yaratganimizdan juda xursandman.
Ushbu g'alaba bilan butun Sirdaryo xalqini tabriklayman. Mazkur g'alabamizni Mustaqilligimizning 35 yilligi sharafiga muxlislarimizga sovg'a sifatida bag'ishladik.
Shuningdek, ushbu g'alaba bilan viloyatimiz va klubimiz rahbarlarini ham muborakbod etaman. Ular maydon tashqarisida katta ishlarni amalga oshirishmoqda. Bu g'alabalarimizda ularning ham hissasi katta. Nasib etsa, ushbu rahbariyatimiz bilan birgalikda rivojlanishda davom etamiz.
![]() | 25.08.2026 02:08 Ўқилди 18992 "Chelsi" Angliya Premer-ligasi 1-tur bahsida "Fulxem"ni mag'lub etdi |
![]() | 30.08.2026 02:40 Ўқилди 9930 La Liga. "Atletiko" mehmonda "Sevilya" darvozasiga uchta to'p kiritdi, Baenadan dubl |
![]() | 29.08.2026 02:16 Ўқилди 5253 “Kuchli beshlik sharhi”: Angliyada grandlar sinovi, Ispaniyada “Real” va “Barsa” poygasi, Bundesligada yangi mavsum |
![]() | 28.08.2026 02:08 Ўқилди 4676 La Liga. "Barselona" o'z uyida "Atletik Bilbao"ni ishonchli hisobda mag'lub etdi |
![]() | 26.08.2026 01:48 Ўқилди 4586 Brunu PFA talqiniga ko'ra APLda yilning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi |
![]() | 22.08.2026 23:56 Ўқилди 4390 A Seriya. "Inter" ilk turda "Monca" darvozasiga 4 ta to'p kiritdi |
![]() | 24.08.2026 19:56 Ўқилди 4254 “Manchester Siti” “Barselona” yarim himoyachisi bo'yicha so'rov yubordi |
![]() | 25.08.2026 01:16 Ўқилди 3849 Behruz Karimovning "Lugano"dagi ilk kuni |
![]() | 24.08.2026 23:40 Ўқилди 3807 "Nyukasl Yunayted" Niko Gonsales transferi borasida "Manchester Siti" bilan kelishib oldi |
![]() | 21.08.2026 00:56 Ўқилди 3439 "Galatasaroy" Rossiya termasi futbolchisini 25 million evroga sotib oldi |
Реклама
Сайт хақида