"Nyukasl Yunayted" Niko Gonsales transferi borasida "Manchester Siti" bilan kelishib oldi
24.08.2026 23:40 Ўқилди: 3708
Bu haqda jurnalist Fabricio Romano X ijtimoiy tarmog'ida xabar berdi.
Manba berayotgan ma'lumotlarga ko'ra, bitim qiymati 47 mln funtni (taxminan 55 mln evro) tashkil etadi, yana 3 mln funt (taxminan 3,5 mln evro) bonus sifatida ko'zda tutilgan. Futbolchining o'zi "hakkalar" safiga qo'shilishga rozilik bergan.
Gonsales 2025 yilning fevral oyidan beri "shaharliklar" safida to'p tepib kelmoqda. O'tgan mavsumda 24 yoshli futbolchi barcha turnirlarda 41 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 40 mln evroni tashkil etadi.