"Aston Villa" PSJ bilan 55 million evrolik transfer bo'yicha kelishuvga erishdi
30.08.2026 01:40 Ўқилди: 592
Manba ma'lumotlariga ko'ra, ingliz klubi 18 yoshli senegallik uchun 55 million evro to'laydi. Tomonlar bitimni rasmiylashtirish va zarur hujjatlarni tayyorlashni yakunlamoqdalar.
Mbaye PSJ tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Futbolchi parijliklarning asosiy jamoasida 2024 yilda 16 yoshida debyut qilgan.
Mbaye PSJ safida jami 42 ta o'yin o'tkazib, to'rtta gol urgan va to'rtta golli uzatmani amalga oshirgan. Vinger o'tgan mavsumda barcha musobaqalarda 29 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.