Ronaldu "Al Nacsr"ning Pro-Ligadagi g'alabali o'yini va o'zining hal qiluvchi goliga munosabat bildirdi
29.08.2026 08:24 Ўқилди: 820
50-daqiqada 41 yoshli forvard g'alaba to'pini kiritdi. Ushbu gol portugaliyalik futbolchining faoliyatidagi 978-gol bo'ldi.
"Uch ochko. Biz davom etamiz!" - deb yozdi Ronaldu "X" ijtimoiy tarmog'idagi o'z sahifasida.
Pro-Liganing to'rtta o'yinidan so'ng "Al Nacsr" 12 ochko jamg'arib, birinchi o'rinni egallab turibdi. Ar-Riyod jamoasi keyingi turda, 5 sentyabr kuni "Al-Ittihod" bilan kuch sinashadi.
Joriy mavsumda Ronaldu Pro-Liganing uchta o'yinida maydonga tushib, ikkita gol urdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.