“Ikki marta o'limdan qolganman”. Germaniya terma jamoasi hujumchisi sog'lig'idagi muammolar haqida gapirib berdi
20.08.2026 23:24 Ўқилди: 196
Podkastlardan birida futbolchidan uning taom tanlovi - xususan, sushini yaxshi ko'rish-ko'rmasligi haqida so'rashdi.
“Ha, lekin faqat losos balig'i bilan yoki vegetariancha turlarini eyman. Chunki krevetka istemol qilolmayman. Menda ikki marta kuchli allergik reakciya kuzatilgan va har ikkalasida ham zo'rg'a o'limdan qolganman. Bunday paytda butun tanam shishib ketadi va nafas ololmay qolaman”, – dedi Undav.
Uning aniqlik kiritishicha, bu allergiya omar va midiyalarni o'z ichiga olgan boshqa dengiz mahsulotlariga ham tegishlidir.
Undav 2025/26 yilgi mavsum “Shtutgart” safida 46 ta o'yin o'tkazib, 25 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.