Fati ”Oltin to'p” haqida: “Rodri, Messi va Mbappe JCHni ajoyib o'tkazishdi. Kurash juda shiddatli kechadi”
11.08.2026 18:56 Ўқилди: 2834
“Hujumchi sifatida men har doim hujumchini tanlayman. Lekin, fikrimcha, Rodri Jahon chempionatida juda ajoyib o'yin ko'rsatdi. Messi ham shunday. U gollar va golli uzatmalar soni bo'yicha rekordlarni yangiladi. Mbappe ham fantastik turnir o'tkazib, eng yaxshi to'purar bo'ldi.
Bu yilgi kurash juda shiddatli bo'ladi. Yamal ham da'vogarlar qatorida, u - chempion. Shunday ekan, kutib kuzatamiz”, – dedi Fati.