Saudiya Arabistoni Pro ligasi. Ronaldusiz "Al Nassr" chempionatni yirik hisobdagi g'alaba bilan boshladi, "Al Ittihod" esa ochko yo'qotdi
16.08.2026 01:16 Ўқилди: 14239
Krishtianu Ronaldusiz o'ynagan “Al Nassr” o'z maydonida “Al Fateh”ni yirik hisobda taslim etdi. Gollarga Anjelo, Joau Feliks va Samu Koshta mualliflik qildi.
“Al Ittihod” esa ilk turda “Al Hulud” bilan durang o'ynadi. Dastlab Ussem Auar 32-daqiqada penaltidan foydalana olmadi. Yussuf En Nesiri 43-daqiqada hisobni ochdi. Mehmonlar 52-daqiqada Julien Domingesning goli bilan javob qaytarishdi. 58-daqiqada “Al Ittihod” yarim himoyachisi Danilo Pereyra maydondan chetlatildi va shu bilan darvozalarga boshqa to'p kiritilmadi.