Yangi mavsum oldidan "Manchester Siti"ning sardorlari e'lon qilindi
16.08.2026 08:32 Ўқилди: 2998
Avvalgi sardor Bernardu Silva klubni tark etib, Madridning "Real" klubiga o'tganidan so'ng murabbiylar shtabi kiyinish xonasida yangi sardorlarni shakllantirishni boshladi. Mavsum startidagi muhim o'yinlar oldidan Mareska dastlabki nomzodlar tanlovini tasdiqladi:
"Hozirda men Ruben va Erlingni tanladim, yana ikki sardor nomini esa transfer oynasi yopilganidan keyin ma'lum qilmoqchiman", - dedi mutaxassis.
Italiyalik ustoz, shuningdek, jamoa yetakchisi va sardori maqomi to'liq fidokorlikni talab qilishini ta'kidladi: Mareskaning fikricha, murabbiylar shtabi qo'lida bog'ichi bor o'yinchilardan har bir o'yinda ancha ko'proq bosim va mas'uliyat kutadi.